O'zbekiston respublikasi profi universitety
Holatlar: indivi- dual,tashqi (xulqiy)
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 §. Psixologiyaning asosiy sohalari
5 Holatlar: indivi-
dual,tashqi (xulqiy) Tayyorlik, qiziqish, ustanovka. 6 Xususiyatlar: indi- vidual, tashqi (xulqiy) Obro'lilik, ta'sirga beriluvchanlik, ishonuvchanlik, geniallik, qat'iylik, o'qiy oluvchanlik, iqtidorlilik, tashkiliylik, tempe- rament, mehnatsevarlik, fanatizm, xarakter, shuxratparastlik, xudbinlik. 7 Jarayonlar: guruhli, ichki Identifikatsiya, kommunikatsiya, konformlik, muloqot, shaxslararo idrok, shaxslararo munosabat, guruhli me'yorlarning shakllanishi. 8 Holatlar: guruhli, ichki Nizo, bikirlik, guruhli qutblanish, psixologik iqlim. 9 Xususiyatlar: guruhli, tashqi Moslashuvchanlik, kirishuvchanlik, yetakchilik stili, hamkorlik, guruh faoliyatining samaradorligi. 10 Jarayonlar: guruhli, tashqi Guruhlararo munosabat 11 Holatlar: guruhli, tashqi Vahima, guruhning ochiqligi, guruhning yopiqligi. 12 Xususiyatlar: guruhli, tashqi Tashkiliylik. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, psixologiyada o'rganilinadigan, bu keltirib o'tilgan hodisalarning ko'pchiligini aynan bitta guruhgagina kiritish mumkin emas. Ular individual ham, guruhli ham bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham ular qator adabiyotlarda, jarayonlar sifatida ham, holatlar sifatida ham farqlanib beriladi. Shu bois, jadvalning o'ng qismida keltirib o'tilgan fenomenlarning ayrimlari takrorlangan. 2 §. Psixologiyaning asosiy sohalari Hozirgi vaqtga kelib psixologiya o'zining ko'plab tarmoqlariga, turli psixologik fanlar tizimiga ega. Unda nisbatan mustaqil fan sifatida rivojlanayotgan ilmiy yo'nalishlarni ham ko'rishimiz mumkin. Hozirgi vaqtda psixilogiya fanlari tizimi faol rivojlanayotganligi (har 4-5 yilda qandaydir bir yangi yo'nalishlarning 35 yuzaga kelayotganligi)ni hisobga olgan holda, psixologiya fani haqida emas, balki rivojlanayotgan psixologik fanlar kompleksi haqida gapirish to'g'riroq bo'ladi. Ular o'z navbatida fundamental va amaliylarga, umumiy va maxsuslarga farqlanadi. Psixologiyaning fundamental yoki bazaviy sohasiga “umumiy psixologiya”ni kiritish mumkin. Unda odam psixologiyasi va xulqi, uning kimligi va qanday faoliyat bilan shug'ullanishidan qat'i nazar, uni tushunish va tushuntirish umumiy ahamiyatga ega bo'ladi. Bu soha, kimki odam psixologiyasi va xulqi bilan qiziqsa shu odamlarga hamma haqida bir hil umumiy bilim berishga qaratilgan. Shuning uchun (universalligi uchun) ham, u “umumiy psixologiya” deb yuritiladi. Psixologiyaning amaliy sohalariga, uning, yutuqlaridan amaliyotda foydalaniladigan sohalari kiradi. Umumiy sohalari, ilmiy yo'nalish-lardan tashqari barcha sohalari uchun birdek muhim bo'lgan muammolarni qo'yadi (o'rganadi) va yechadi, maxsus sohalari esa - qandaydir bir yoki bir necha guruh hodisalarni bilish uchun qiziqish uyg'otadigan masalalarni yechishga qaratiladi. Psixologiyaning ayrim fundamental va amaliy, umumiy va maxsus sohalarini ko'rib chiqamiz. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling