O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
Eksperimentning psixologik tadqiqot metodi sifatidagi o'ziga xosligi
shundaki, unda o'rganilayotgan xususiyatlar boshqa har qanday vaqtdagiga qaraganda kuchliroq namoyon bo'ladigan va yaxshiroq baholanadigan vaziyatlar sun'iy ravishda maqsadga muvofiq hamda oldindan batafsil o'ylangan holda yaratiladi. Eksperimentning asosiy afzalligi shundaki, u boshqa metodikalarga qaraganda o'rganilayotgan hodisalarni boshqa fenomen-lar bilan sabab-oqibat bog'lanishlari haqida ishonchliroq xulosalarga erishish, ro'y berayotgan hodisalarni ilmiy asoslab berish imkoniyatini beradi. Biroq, barcha talablarga javob beradigan psixologik eksperi-mentni tashkil qilish va o'tkazish amalda juda qiyin, shuning uchun ham ilmiy tadqiqotlarda u boshqa metodlarga qaraganda kamroq qo'llaniladi. Eksperimentning ikkita asosiy turlari farqlanadi: tabiiy va laboratoriya eksperimentlari. Ular bir-biridan odamlar psixologiyasi va xulqini voqelikdan (haqiqiylikdan) ajratilgan yoki unga yaqinlashtirilgan sharoitlarda o'rganish imkoniyatini beradi. Tabiiy eksperiment odatiy hayotiy vaziyatlarda tashkil qilinadi va o'tkaziladi. Unda eksperimentator o'rganilayotgan hodisaning kechinishiga umuman aralashmaydi, u qanday tarzda ro'y bersa shundayligicha qayd etib boradi. Laboratoriya eksperimentida esa o'rganilayotgan hodisa a'lo darajada namoyon bo'lishi va uni o'rganish oson bo'lishi uchun sun'iy ravishda maxsus sharoit yaratiladi. Tabiiy eksperimentda olingan ma'lumotlar individning tipik hayotiy xulqiga, odamlarning real psixologiyasiga juda mos keladi. Biroq eksperimentatorning o'rganilayotgan xususiyatlarga ta'sir etishi mumkin bo'lgan boshqa barcha omillarning ta'sirini qat'iy nazorat qilib borish imkoniyati yo'qligi tufayli hamma vaqt ham to'g'ri bo'lavermaydi. Laboratoriya eksperimenti natijalari esa, aksincha aniqlikda oldingisidan afzal, biroq tabiiylik darajasiga ko'ra, hayotga mos kelishiga ko'ra, ma'lum darajada kamchiliklarga ega. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling