O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
Test-topshiriq odamning psixologiyasi va xulqini u bajarayotgan, qiladigan
ishlari zaminida baholashni nazarda tutadi. Bu toifa testlarda sinaluvchilarga maxsus topshiriqlar seriyalari taklif etiladi va ularning bajarilish yakuniga qarab sinaluvchida o'rganilayotgan sifatning mavjudligi yoki mavjud emasligi, uning rivojlanganlik darajasi haqida xulosa qilish mumkin bo'ladi. Test-so'rovnoma va test-topshiriqlarni turli yoshdagi, turli madaniyat, turli ma'lumot darajasidagi, turli kasb egalari va turlicha hayotiy tajribaga ega bo'lgan odamlarga nisbatan qo'llash mumkin. Bu - ularning ijobiy jihatlari. Ularning kamchiligi shundaki, agar sinaluvchi bu test qanday tuzilganligini va uning natijasiga ko'ra, o'zining psixikasi va xulqi qanday baholanishini bilsa, u o'z xohishiga ko'ra, ongli ravishda olinadigan natijaga ta'sir qilishi mumkin. Bundan tashqari, test-so'rovnoma va test-topshiriqlardan sinaluvchining psixologik sifatlari va xarakteristikasini o'rganish vaqtlarida, ularning mavjudligi haqida sinaluvchi to'liq ishonchga ega bo'lmagan, o'zida ularning mavjudligini anglamagan yoki atayin ularni o'zida borligini tan olmaydigan holatlarda bu testlardan foydalanib bo'lmaydi. Bunday sifat, xarakteristikalarga ko'plab salbiy sifatlar va xulq motivlari misol bo'lishi mumkin. Bunday vaziyatlarda odatda testlarning uchinchi varianti proyektiv testlar qo'llaniladi. Bunday testlar asosida proyektsiya mexanizmi yotadi. Unga ko'ra shaxs o'zining anglanmagan sifatlarini, ayniqsa nuqsonlarini “boshqa odamlarga taalluqli” deb hisoblaydi, ularni boshqa odamlarda ko'radi. Proyektiv testlar, odamlarning salbiy munosabatlarni yuzaga keltiradigan psixologik va xulqiy xususiyatlarini o'rganish uchun qo'llaniladi. Bu toifa testlar qo'llanilganda, sinaluvchining psixologiyasi haqida, u vaziyatlarni, odamlarning xulqi va psixologiyasini qanday idrok etishi va baholashi, ularga (boshqa odamlarga) qanday shaxsiy xislatlar, motivlarni, ijobiy yoki salbiy xarakterlarni yo'yishligi kabilar asosida xulosa chiqariladi. Proyektiv testdan foydalanar ekan, psixolog uning yordamida sinaluvchini keyinchalik beixtiyor izohlaydigan, hayol qilingan, syudjet jihatidan noaniq vaziyatlarga olib o'tadi. Bunda, bu odamlar kim, ularni nima bezovta qilayapti, ular nima haqida o'ylayapti va keyin nima sodir bo'ladi kabi savollarga javob berish 43 lozim bo'ladi. Javoblarning mazmunini izohlash orqali sinaluvchining ruhiyati haqida xulosa chiqariladi. Proyektiv toifadagi testlar sinaluvchilarning ma'lumotlilik va intellektual darajasiga yuqori talablar qo'yadi va shu bilan ularning amaliyotda qo'llanishi chegaralanishi asoslanadi. Bundan tashqari bunday testlar tadqiqotchining, psixologning ham maxsus tayyorgarlikka va yuqori professional saviyaga ega bo'lishini talab qiladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling