40
qilinishligini bevosita o'rganish vazifasini qo'ygan hollarda qo'llaniladi.
Mavjud
hodisani ichki idrok qilar ekan psixolog go'yo uni kuzatadi (masalan, o'zining
obrazlari, hissiyotlari, fikrlari, kechinmalarini kuzatadi) yoki uning topshirig'i bilan
o'zini-o'zi kuzatib, ro'y berayotgan hodisalarni introspektsiya (o'z xulqi,
kechinmalari, psixikasi mazmunini kuzatish) qilib boshqa odamlardan olgan
ma'lumotlardan ham shu tarzda foydalanadi (“Tabib
tabib emas - boshdan
o'tkazgan tabib”).
6 - rasm.
Asosiy psixologik tadqiqot metodlari va ularning birlamchi ma'lumotlar
olish uchun qo'llanilinadigan variantlari
Asosiy metod
Asosiy metod variantlari
Kuzatish
Tashqi (chetdan kuzatish)
Ichki (o'zini-o'zi kuzatish)
Erkin
Standartlashtirilgan
Qo'shilgan (Kiritilgan)
Chetdan
So'rov
Og'zaki; Yozma; Erkin
Testlar
Standartlashtirilgan
Test - so'rovnoma
Test - topshiriq
Proyektiv test
Eksperiment
Tabiiy; Laboratoriya
Modellashtirish
Matematik; Mantiqiy; Texnik; Kibernetik
Erkin kuzatish uni amalga oshirilishining oldindan ishlab,
belgilab
chiqilgan qolipi (ramkasi), dasturi, yo'l-yo'riqlari mavjud emas. U kuzatish
jarayonini borishidayoq kuzatuvchining xohishiga bog'liq
ravishda, kuzatish
ob'ekti, predmetini yoki xarakterini o'zgartirishi mumkin. Stantardlashtirilgan
kuzatishda esa,
aksincha, nima kuzatilishi va qanday kuzatilishi oldindan aniq
belgilab, chegaralanib qo'yiladi. U kuzatish jarayonida kuzatish ob'ekti yoki
kuzatuvchining o'zida nima ro'y berishidan qat'iy nazar
oldindan ishlab chiqilgan,
aniq belgilab qo'yilgan dastur asosida amalga oshiriladi va shunga qat'iy rioya
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: