O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

III BOB 
 
PSIXIKA HAQIDA TUSHUNCHA. PSIXIKANING YUZAGA KELISHI 
VA RIVOJLANISHI. ONG 
 
1 §. Psixika haqida umumiy tushuncha 
Biz oldingi bobda psixika ta'rifi haqida qisqacha to'xtalib o'tdik. Quyida 
psixika, uning yuzaga kelishi va rivojlanishi masalalari bilan tanishib chiqamiz.
Psixika - miyaning ob'ektiv olamni ideal obrazlarda aks ettirishidan iborat 
funktsiyasidir. Organizm faoliyati shu funktsiya asosida boshqariladi. 
Miya funktsiyalarini va umuman uning tuzilishi, mohiyatini o'rganish bilan 
bir qator fanlar shug'ullanadi. Jumladan: anatomiya miyaning tuzilishini o'rgansa, 
uni murakkab faoliyatining turli jihatlarini – neyrofiziologiya, meditsina, biofizika, 
bioximiya, neyrokibernetika va boshqa fanlar o'rganadi.
Psixologiya 
esa 
miyaning 
voqelikni 
psixologik 
aks 
ettirishdagi 
xususiyatlarini o'rganadi. Buning natijasida organizmning atrof muhit bilan o'zaro 
munosabatini boshqarish uchun zarur bo'lgan, miyada xosil bo'ladigan real 
voqelikning ideal obrazlarining qanday shakllanishi aniqlanadi. 
Psixik obraz tushunchasi psixologiyaning asosiy tushunchasi hisoblanadi. 
Psixik obraz - bu voqelikning nisbatan mustaqil, ayrim qismlarini 
yaxlitligicha, integrativ aks ettirishdir. Bu oliy darajada rivojlangan hayvonlar va 
odamning o'z hayotiy faoliyatini boshqarish uchun foydalanadigan, voqelikning 
informatsion modelidir. 
Psixik obrazlar ma'lum bir maqsadlarga erishishni ta'minlaydi va ularning 
(psixik obrazlarning) mazmuni shu maqsadlar bilan belgilanadi. Psixik 
obrazlarning voqelikka adekvatligi ularning eng umumiy xususiyati hisoblanadi. 
Ularning umumiy funktsiyasi esa - faoliyatni boshqarishdan iboratdir.
Odamning olamni psixik aks ettirishi uning ijtimoiy tabiati bilan bog'langan 
bo'lib, u ijtimoiy ishlab chiqarilgan va o'zlashtirilgan bilimlar bilan asoslanadi. 
Psixika, aks etish qobiliyati sifatida, hayvonlarda ham mavjud. Biroq, ijtimoiy 
mehnat jarayonida yuzaga kelgan inson ongi, psixikaning oliy shakli sifatida faqat 
insongagina xosdir. Ong til, nutq bilan uzviy bog'liq. Ong tufayli odam o'z xulqini 
boshqara oladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling