O'zbekiston respublikasi profi universitety
Qo'shilgan yoki kiritilgan kuzatishda
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ogzaki sorov
Qo'shilgan yoki kiritilgan kuzatishda (u ko'pincha umumiy, yosh, pedago-
gik, ijtimoiy psixologiyada qo'llaniladi) tadqiqotchi o'zi kuzatayotgan hodisaning bevosita shu jarayonlarning ishtirokchisi sifatida ishtirok etadi. Masalan, xodim bir vaqtning o'zida o'zini kuzatish bilan birga qandaydir bir vazifani fikran yechishi mumkin. Qo'shilgan kuzatishning boshqa bir variantida: tadqiqotchi odamlarning o'zaro munosabatlarini kuzatar ekan, ularning o'zaro munosabatlari qanday amalga oshayotganligini kuzatib borish bilan birga, uning o'zi ham o'zi kuzatayotgan odamlar bilan muloqotga kirishadi. Buni biron bir uyushgan jinoiy guruh yoki shu kabilar tarkibiga kiritilgan agent yoki xodim faoliyatida ham ko'rishimiz mumkin. Chetdan kuzatish, qo'shilgan kuzatishdan farqli o'laroq tadqiqotchining o'zi kuzatayotgan jarayonga kirishishini taqozo qilmaydi. 41 Kuzatishning yuqorida sanab o'tilgan har bir turi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib ular qayerda ko'proq, aniqroq natija beradigan bo'lsa o'sha joylarda qo'llaniladi. Masalan, tashqi kuzatish o'zini-o'zi kuzatishga qaraganda kamroq sub'ektivroqdir, shuning uchun u odatda kuzatilinishi lozim bo'lgan alomatlar, belgilar chetdan turib osonroq ajratib olinadigan va baholanadigan holatlarda qo'llaniladi. Ichki kuzatish esa ko'pincha, tadqiqotchini qiziqtiradigan alomatlarning tashqi aniq, ishonchli ifodalanishi bo'lmagan holatlarda, psixologik ma'lumotlarni olishning eng ko'p qo'llanilinadigan, aksariyat hollarda boshqa hech bir metod bilan almashtirib bo'lmaydigan metodi sifatida foydalaniladi. Erkin kuzatishni nimani kuzatish kerakligi, o'rganilishi lozim bo'lgan holatning qachon va qanday nomoyon bo'lishi oldindan ma'lum bo'lmagan holatlarda qo'llash maqsadga muvofiq. Stantadrlashtirilgan kuzatishdan esa, aksincha tadqiqotchi o'rganilayotgan fenomenga taalluqli bo'lgan belgilarning to'la va aniq ro'yxatiga, tadqiqot rejasiga ega bo'lgan holatlarda foydalangan maqul. Qo'shilgan kuzatish esa, faqat psixolog kuzatilayotgan, o'rganilayotgan hodisa haqida, uni o'zi his qilib ko'rib, aniq va to'g'ri baho bera oladigan vaziyatlardagina foydali bo'lishi mumkin. Biroq, agar tadqiqotchining shaxsiy ishtiroki ta'siri ostida uni hodisaning idrok qilishi va tushunishi o'zgaradigan bo'lsa, unda kuzatilayotgan ob'ekt haqida biroz ob'ektivroq ma'lumot beradigan, chetdan kuzatishga murojaat qilish kerak. So'rov bu shunday metodki, undan foydalanishda odam unga berilgan savollarga javob berishi talab qilinadi. So'rovning bir necha variantlari mavjud. Ularning har biri o'ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega. Og'zaki so'rov savollarga javob berayotgan odamning xulqi va muno- sabatlarini (reaktsiyalarini) kuzatish zarur bo'lgan holatlarda qo'llaniladi. So'rovning bu turi, yozma so'rovga qaraganda o'rganilayotgan odamning psixolo- giyasiga chuqurroq kirib borish imkoniyatini beradi, biroq u tadqiqotchidan maxsus tayyorgarlik, o'rganish va ko'p vaqt talab qiladi. Og'zaki so'rov orqali sinaluvchidan olingan javoblar, shu so'rovni olib borayotgan tadqiqotchining individual xususiyatlari, javob berayotgan odamning individual xususiyatlari va so'rov vaziyatida har ikkala shaxsning xulqiga sezilarli darajada bog'liq bo'ladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling