O'zbekiston respublikasi profi universitety
Neofreydizmning eng yirik namoyondalaridan biri, nemis-amerika
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
Neofreydizmning eng yirik namoyondalaridan biri, nemis-amerika
psixologi, gumanistik psixologiya asoschisi Erix Fromm (1900-1980) hisoblanadi. Fromm odam psixologiyasini uni yashashining ijtimoiy sharoitlaridan kelib chiqqan holda tushunishga intiladi. Inson zotining fojiasini, Fromm, uni xulqning instinktiv belgilanganlikdan (zamindan, asosdan) qutulganligi (mahrum bo'lganligi)da deb biladi. Biz, odamni mavjudligining ikki o'zaro bog'liq shartini yodda tutishimiz kerak. Bular: uni xulqining instinktlar bilan determinatsiyalashuvining muntazam kamayib borishi va rivojlanayotgan inson miyasining ulkan imkoniyatlari evazigagina mumkin bo'lib borayotgan, uni xulqining hayoti davomida o'zlashtirilgan dasturlar bilan determinatsiyalashuvining ortib borishi. “Biroq odam miyasining bu imkoniyatlari instinktiv xulq taqchilligining o'rnini bosa oladimi?” - Fromm tomonidan uni ilmiy izlanishining asosiy muammosi shunday shakllanadi. Odam boshidanoq (tug'ilganidanoq) xulqning adaptiv dasturlari bilan qurollangan bo'lmaydi. To'g'ri qarorlarni qabul qilish intellekt bilan shartlangan. 28 Biroq, bu xulq instrumentining qay darajada ojiz va ishonchsiz bo'lishi mumkinligi hammaga ma'lum. To'satdan yuzaga kelgan istak va ishtiyoq uni osongina bosib tashlashi mumkin. Bundan tashqari, odamning aqlga, o'zini-o'zi anglashiga, u tomonidan o'zini o'zi mavjudod deb anglay olishga, tabiatga va boshqa odamga bog'langanlik, ular bilan asoslanganlikka ega bo'lish, undagi, hayvon xulqiga xos bo'lgan tabiiy garmoniyani buzadi. Tabiatning bir qismi bo'lib qolish bilan birga, odam ayni vaqtda undan tashqariga siqib chiqarilgan. O'zini anglab borar ekan, u o'zini mavjudligining cheklanganligini tan olishga majbur. Odamning aqli va uning tabiati dixotomik, ikkilanmadir. Odam o'z turining xulq namunalarini takrorlash orqaligina xotirjam yashay olishi mumkin emas, u o'zi yashashi kerak. Odamning mavjudligi - bu, u yechadigan hayotiy muammolarning tugallanmas zanjiridir. Bu ekzistentsial, mohiyatli qarama-qarshilik unda doimiy noturg'unlik, zo'riqishli hissiyotni tug'diradi. Odamda, uni o'zining ekologik uyasi yo'q. Uning “uyasi” – umuminsoniy madaniyatdir. Erix Fromm o'zining ilk ishlaridan biri “Ozodlikdan qochish” (“Begstvo ot svobodы”, “Escape from Freedom”)da totalitar tuzum bilan shartlangan, xarakter xususiyatlarini, ijtimoiy tuzumning tipik xarakteriga bog'liq ekanligini ko'rsatib bergan. Erkinlikni, ozodlikni va mustaqillikni muntazam cheklash, bosib borish sharoitida, shaxsda avtomatik konformizm kabi salbiy xususiyatlar yuzaga keladi. Bunday vaziyatda odam o'z holicha bo'lolmay qoladi, u madaniyat modeli taklif etadigan shaxsiy tipni butunlay o'zlashtirib oladi va boshqalar, atrofdagilar uni qanday bo'lishligini xohlaydigan bo'lsalar, shunday bo'lib qoladi. Erix Fromm, totalitaristik tuzum haqida yozar ekan “... totalitarizm, ya'ni fikrlash erkinligini bo'g'ish, odamni har qanday shavqatsizlik, qotillik, jallodlikni tinchgina kuzatib turaveradigan ishtirokchisiga aylantirib qo'yadi”, deb ta'kidlagan edi. Fromm psixologiyani gumanitarlashtiruvchi sifatida chiqib, psixo- Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling