O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Tug'ma 
layoqatlar 
vaqtinchalik nerv 
bog'lanishlarining shakllanishi, tashkil topish tezligini, ularning mustahkamligini, 
birinchi va ikkinchi signallar sistemalarining nisbatini belgilab beradi. 
Qobiliyatlarning tabiiy asoslari ko'p qirrali (ko'p tomonlama)dir - ularning 
asosida turli qobiliyatlar rivojlanishi mumkin. Qobiliyatlar qayta qurishga moyil 
bo'ladi. Bu psixik boshqarishning kompensatorlik imkoniyatlarini ta'minlaydi: 
bir neyrofiziologik komponentlarning zaifligi boshqalarining kuchliligi bilan 
to'ldiriladi (qoplanadi). 
Odamning psixofiziologik imkoniyatlari, uning qobiliyati cheksizdir. Biroq 
har bir odam ham o'z imkoniyatlarini bilavermaydi va ulardan imkon darajasida 
foydalana olmaydi. Vaholanki, shaxsning o'z-o'zini eng yuqori darajada ro'yobga 
chiqarish - odam hayotining asosiy mazmunini bildiradi. 
 
 
 


101 
 
6 §. Xarakter haqida tushuncha 
“Xarakter” so'zi grekchadan tarjima qilinganda “tamg'a” degan ma'noni 
bildiradi, mazmuniy ahamiyatga ko'ra esa - yaqqol ifodalangan o'ziga xoslik, har 
bir odamning o'ziga xos (tipik) xulqidir. 
Xarakter - shaxsning xulqiy tipini tashkil qiluvchi, turg'un motivlari va 
xulqi usullarining tizimidir.
Xarakter ijtimoiy sharoitlarda shakllanar ekan, ijtimoiy muhit ta'siri 
talablarini o'zida majassamlashtirgan holda, o'zining dinamik namoyon bo'lishida 
individning genetik xususiyatlari, uning oliy nerv faoliyati tipi bilan uzviy bog'liq.
“Shaxs” tushunchasidan farqli ravishda “xarakter” tushunchasi, individ 
xulqining ham ijtimoiy ahamiyatli, ham ijtimoiy neytral tomonlarini qamrab oladi. 
Mazkur ijtimoiy muhitda eng yuqori moslashuvchanlik samarasini (effektini) 
beruvchi, xulq usullarini umumlashtirish, individning ijtimoiy ahamiyatli xulqiy 
xususiyatlarining shakllanish mexanizmlari bo'lib hisoblanadi.
Individ xarakteri hislatlarining tizimi, shaxs xulqining turg'un barqarorligi, 
izchilligi va moslashuvchanligini ta'minlar ekan, - unda go'yo hayvoniy instinktlar 
tizimi o'rnini bosadi. 
Xarakter - ichki va tashqi olam muvozanatining o'lchami, individning uni 
o'rab turgan voqelikka moslashganligi xususiyatlaridir. O'zida tabiiy layoqatlar 
(oliy nerv faoliyati, temperament)ni mujassamlashtirar ekan, xarakter mazkur 
individning tashqi olam bilan o'zaro munosabati tipini belgilab beradi. 
Xarakter - shaxsning ijtimoiy shakllangan xulqiy sxemasi, uning xulqiy 
stereotiplari sistemasi, xulqiy sindromidir. Xarakterning birligi, bir individning 
turli hayotiy vaziyatlarda turlicha, ba'zida hatto qarama-qarshi sifatlarni namoyon 
qilishini istisno qilmaydi.
Xarakterning va uni turli jihatlarining shakllanishida - odamning hayot 
yo'lida, ayniqsa uning bolalik va o'smirlik yoshlarida yuzaga kelgan hal qiluvchi 
sharoitlar, muhitning keskin talablari muhim rolь o'ynaydi. Biroq, xarakter 
shaxsning dunyoqarashi bilan bog'liq ekan, uning jadal, maqsadga yo'naltirilgan 
shakllanishi yetuklik davrida ham davom etadi. Xarakterning mohiyati va 
tipologiyalarini yoritib berishga atoqli psixolog olimlardan Z. Freyd va E. 
Frommlar katta hissa qo'shganlar. 
Freydgacha xarakter individga taalluqli bo'lgan xulqning turg'un obrazi, 
irodaviy xususiyati sifatida tasavvur qilingan.
Freyd xarakter nazariyasini individ intilishlarining tizimi sifatida 
rivojlantirdi, xarakterning dinamik kontseptsiyasini asoslab berdi. U individning 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling