102
Individ xulqining fiziologik asosi “temperament” tushunchasi bilan
qamrab olinadi, uni xulqining ijtimoiy shartlangan jihatlari esa – “xarakter”
tushunchasi bilan ifodalanadi. Temperament tabiiy – anglanmagan jihatlar,
hissiyot bilan bog'liq bo'lsa, xarakter - irodaviy jihatlar bilan bog'liq.
18-rasm. Xarakterning tuzilishi
Biroq, bular inson psixikasining o'zaro bog'liq xususiyatlaridir.
Individga
tabiatan xos bo'lgan ayrim sifatlar, uning xarakterida ham o'z izini ko'rsatadi, ya'ni
uni xulqining ijtimoiy shakllangan usullariga ta'sir qiladi.
Odam xarakteri tahlil qilinar ekan, uning endogen (ichki shartlangan) va
ekzogen (tashqi shartlangan) xususiyatlarini farqlash zarur bo'ladi.
Xarakterli
xususiyatlarning bu guruhlari o'zaro bog'liqdir. Ijtimoiy o'zlashtiriladigan sifatlar
biologik nasliy sifatlar bilan o'zaro bog'liq bo'ladi.
X A R A K T Y E R T I P L A R I
GARMONIK
BARQAROR
ICHKI NIZOLI,TASHQI
MOSLASHUVCHAN
MOSLASHUVCHANLIGI
PASAYGAN NIZOLI
O'ZGARUVCHAN
X A R A K T YE R X I S L A T L A R I
Jamiyatga,
o'z-o'ziga,
mehnatga, mehnat
mahsullariga
bo'lgan
munosabati bilan
shartlangan
Irodaviy :
maqsadga
yo'nalganlik,
qat'iylik, ti-
rishqoqlik,
intizomlilik
Do'stlaringiz bilan baham: