O'zbekiston respublikasi profi universitety
Moslashishi kamaytirilgan nizoli tip
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Xarakterning ozgaruvchan (variativ) tipi
- Odam psixikasining madaniy qatlamlari ostida
3. Moslashishi kamaytirilgan nizoli tip - hissiy undovchilari va ijtimoiy
majburiyatlari o'rtasidagi ziddiyat (nizo) bilan farqlanuvchi, impulьsivligi, salbiy hissiyotlarining ustunligi, kommunikativ xususiyatlarining rivojlanganligi, o'z- o'zini anglashning yetarlicha tuzilmaganligi bilan farqlanadi. Mazkur tipga mansub odamlarning tashqi olam bilan bo'ladigan ayrim aloqalari qandaydir bir umumiy xulqiy tizimga kiritilmagan bo'ladi. Bunday odamlarning hayoti soddalashtirilgan sxema bo'yicha kechadi. Ularning fikricha, o'zgaruvchan ehtiyojlar biron bir jiddiy zo'riqishlarsiz zudlik bilan qondirilishi lozim. Bunday odamlar katta hayotiy tajriba bilan o'zlarini qiynab o'tirmaydilar, ularni ertangi kuni ham qiziqtirmaydi. Ular yashash uchun kurashda toblanmaganlar. Ular bolalik davrlarida, odatda o'ta ortiqcha g'amxo'rlik ostida bo'lganlar, haddan tashqari mehribon odamlar qurshovida bo'lgan. Ular infantillik (yaxshi yetilmay qolganlik), ma'lum bir hayotiy qiyinchiliklarga moslashmaganlik bilan farqlanadi. Ular hayotiy faoliyatining asosiy mexanizmi - qoniqish (gedonizm - huzur- halovatga intilish). Bunday tip odamlar barcha og'ir vaziyatlarni o'tkir nizoli vaziyat sifatida idrok qiladilar va voqelikni buzilgan holda aks ettirishga - anglanmagan psixologik yolg'on himoyaga o'tib oladilar (injiqlik, qaysarlik, shirin xayollar va besamar orzular olamiga kirib ketish). 4. Xarakterning o'zgaruvchan (variativ) tipi – hayotiy pozitsiyalarining noturg'unligi, printsipsizligi natijasida muhitga tashqi moslashuvchan tip. Bu - shaxs rivojlanganligining past darajadaligidan, unda xulqning turg'un usuli yo'qligidan dalolat beradi. Xaraktersizlik, doimiy moslashuvchanlik - xulqni egiluvchanligining sun'iyligi (surrogati) bu tip vakillariga xosdir. Bu tip odamlar ichki olamining oddiyligi bilan farqlanib turadilar, ularning yashash uchun kurashi dangal. Ular o'zlarining manfaatparastlik maqsadlariga erishishda shubhalanish va ikkilanishlarni namoyon qilmaydi, hech qanday ichki chegaralanishlarga ega emas. Ular uchun faqat bitta - tashqi to'siqqina ma'lum. Voqelik ular uchun faqat “texnik” xarakterga ega bo'lgan masalalardagina tashvish tug'dirishi mumkin. Ya'ni, ularni asosan - qanday qilib va nima qilib bo'lmasin imkon qadar ko'p miqdorda o'tkinchi ne'matlar (mol-mulk) to'plash ko'proq tashvishlantiradi. Bu “realistlar” tipi: bunday odamlar o'z ehtiyojlarini mavjud bo'lgan imkoniyatlar doirasidan maksimal, imkon qadar to'la qondirishga 105 intiladilar. Moslashuvchanlik, biror joyga yaxshi o'rnashib olish, ichki olamini tashqi shart-sharoitlarga moslashtirish kabilar - bunday odamlarni moslashuvchanligining umumiy usulidir. Individual xulqning o'rtacha standarti bo'lmaydi. Har bir odam xulqi o'zining u yoki bu tarzda namoyon bo'lishiga ko'ra o'rtacha me'yordan sezilarli darajada chetlashadi (og'adi). Ko'pchilik aqliy iste'dodli, hatto genial odamlar ham bolaligidan qobiliyatsiz, xulqida g'alati qiliqlari bo'lganligini tan oladilar. Faoliyatning bir sohasida qobiliyatli bo'lgan odam, ko'pincha boshqa sohalarda qobiliyatsiz bo'lishi mumkin. Odamlar muloqot va faoliyatni o'zlarining xarakteriga eng ko'p mos tushadigan jihatlarida o'zlarini ro'yobga chiqarishga intiladilar. Xarakterga individ tajribasida mustahkamlangan xulqning ijrochi usullari tizimi sifatidagina qaramaslik kerak. Xarakterda individning barcha psixik xususiyatlari mujassamlashgan bo'ladi. Individ xulqning qanday shakllarini tanlab olishi, nafaqat muhitga, balki uning emotsional va intellektual tuzilishiga ham bog'liq bo'ladi. Individ tomonidan “oqlanmaydigan” (qoralanadigan) xulqiy yo'nalishlar tormozlanadi va so'ndiriladi. Individning o'z-o'zini ro'yobga chiqarishiga yordam beruvchi usullar esa qabul qilinadi. Individning xulqiy vaziyatlarni adekvat baholay olishi, optimal qarorlarni qabul qilish va ularni amalga oshira olish qobiliyati, xarakterning muhim sifati hisoblanadi. Xarakterning shakllanishi individning o'rganishga qobiliyati, o'rganishning turli yosh davrlaridagi real imkoniyatlari, psixik yetilishining turli bosqichlari bilan bog'liq. Individning xulqiy tajribasida xulqning adaptiv va dezadaptiv shakllari ham to'planib borishi mumkin. Odam psixikasining madaniy qatlamlari ostida, Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling