Oʻzbekiston respublikasi qishloq
Download 135.67 Kb.
|
Jahon iqtisodiyotida Transmilliy kooperatsiyalar
Transmilliy korporatsiyalar o’rtasidagi birlashish va qo’shib olishlar kompaniyalarning mehnat, ilmiy-texnik va moliyaviy resurslarini birlashtirish hisobiga raqobat afzalliklariga erishishga yo’naltirilgan. Shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga iqtisodiy samaraga erishish, yangi bozorlarga kirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yangi aktivlardan foydalanish va boshqalarga ega bo’lish imkoniyati yuzaga keladi. Shuningdek, transmilliy korporatsiyalar o’rtasidagi birlashish va qo’shib olishlar jarayoni jahon iqtisodiyoti hamda milliy iqtisodiyotlar rivojlanishiga ta’sir etuvchi muhim omil bo’lib hisoblanadi. Bu holat o’z navbatida transmilliy korporatsiyalarning barqaror faoliyat ko’rsatishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Transmilliy korporatsiyalar xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida muhim o’rin egallaydi.Jahon xo’jaligida ro’y berayotgan iqtisodiy jarayonlarning obyektiv natijasiga ko’ra vujudga kelgan transmilliy korporatsiyalar o’ziga xos hususiyatga ega. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar xalqaro mehnat taqsimotining faol ishtirokchisi bo’lib, uning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar, xalqaro moliyaviy markazlar faoliyati doirasining kengayib borishi davlatlar iqtisodiy rivojlanishida sezilarli rol o’ynamoqda. Transmilliy korporatsiya deganda xorijiy aktivlarga va xalqaro miqyosda iqtisodiyotning biror-bir sohasiga kuchli ta‘sir ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lgan yirik ishlab chiqarish birlashmalari Transmilliy korporatsiyalarning huquqiy tuzilmasi sho‘ba kompaniyalar va filiallarni tashkil etish orqali turli mamlakatlarda amalga oshiriladigan ish faolligini talab qiladi. Ushbu kompaniyalar nisbatan mustaqil ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlarni sotish, ilmiy-tadqiqot 385 ishlanmalari va boshqa xizmatlarga egadirlar. Umuman olganda, ular yagona yirik ishlab chiqarish majmuini tashkil etgan holda aktsionerlik kapitaliga faqat ta‘sischi davlat vakillari egalik qilishadi. Ayni vaqtda filial va sho‘ba kompaniyalar tashkil etilgan mamlakat kapitali ustunligida aralash korxonalar bo’lishi ham mumkin tushuniladi.Download 135.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling