Oʻzbekiston respublikasi qishloq


Download 135.67 Kb.
bet8/9
Sana01.04.2023
Hajmi135.67 Kb.
#1316766
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotida Transmilliy kooperatsiyalar

Dunyodagi yirik korporatsiyalar o’rtasida birlashish va qo’shib olishlar, shuningdek, ―yomon‖ aktivlarni sotish va natijada raqobatchilar bilan solishtirganda birmuncha afzallikka erishgan korporatsiyalar guruhini ajratib ko’rsatish mumkin. Bunday korporatsiyalarga, BP (Buyuk Britaniya, neft sohasi), ExxonMobil, ChevronTexaco, ConocoPhilips (AQSh, neft sohasi), General Electric (AQSh, konglomerat), Gla Kline (Buyuk Britaniya, farmatsevtika sanoati), Cisco Systems, IBM, Apple (AQSh, elektronika sanoati), Nestle (Shveytsariya)larni kiritish mumkin. Innovatsion ishlanmalar yoki texnologiyalarga ega bo’lgan boshqa kompaniyalar qo’shilishining muhim jihati farmatsevtika TMKlarining raqobatbardoshligini qo’llab-quvvatlashdan iboratdir. Bu holatni Amerika TMK faoliyatini tahlil etish isbotlab beradi, Pfizer, Johnson & Johnson, Abbot Laboratories, Bristol-Myers-Squibb, Shveytsariya TMKlari Hoffman-La Roche va Novartis, Angliya TMKlari GlaxoSmithKline va AstraZeneca, Frantsiyaning Sanofi-Aventis. TMKlarning qo’shilishi orqali yangi bozorlarni o’zlashtirish hamda ularda samarali faoliyat yuritish, moliyaviy resurslarni jalb etgan holda o’z faoliyatlarini kengaytirish imkoniyati yuzaga keladi. Jahon iqtisodiyotida korporatsiyaning raqobatbardoshligini oshirish uchun muvaffaqiyatli amalga oshirilgan qo’shib olishlarga misol sifatida General Electric korporatsiyasi tomonidan birlashish va qo’shib olishlar va raqobatbardosh bo’lmagan aktivlarni sotish bo’yicha 25,4 mlrd. doll. qiymatdagi 228 ta bitimning amalga oshirilishi korporatsiya faoliyatining rivojlanishiga va kapitallashuv darajasining oshishiga ijobiy ta‘sir ko’rsatdi.

Xulosa

Xulosa

Transmilliy korporatsiyalar tomonidan mamlakatlar milliy iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar natijasida mazkur mamlakatning jahon xo’jaligi bilan aloqalari rivojlanib boradi. Bu holat esa, xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, transmilliy korporatsiyalar bir vaqtning o’zida, xalqaro investitsiya munosabatlari, eksport-import operatsiyalari, xalqaro valyuta munosabatlari, xalqaro lizing munosabatlari hamda xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar rivojlanishiga o’zining ta’sirini o’tkazadi. Mazkur munosabatlarning barchasini xalqaro moliya munosabatlari o’zida mujassam etadi. Korporatsiyalarning milliy va jahon iqtisodiyoti uchun muhimligi ular shakllanishi va faoliyat yuritishi jarayonlarining tegishli ilmiy tahlilini talab etadi.


Download 135.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling