– TMKlar o’z tarkibiy tuzilmasiga ko’ra, ishlab chiqarish korxonalari, savdo yoki moliyaviy tashkilotlarning xalqaro majmuasi bo’lib, asosiy mamlakatdagi boshqaruv qarorlariga mos holda faoliyat yo’nalishini muvofiqlashtirib boradi; – aktsionerlik kapitalining mulkchilik huquqi faqat ta‘sis etuvchi mamlakat vakolatiga tegishli bo’ladi; – xorijiy bo’linma va sho‘ba korxonalar milliy ishtirok darajasiga ko’ra aralash bo’lishi mumkin; – TMK kapitalining harakati korporatsiya joylashgan mamlakatdagi sodir bo’layotgan jarayonlardan erkin bo’ladi; – TMKlar asosiy masalalar bo’yicha yagona markazdan boshqariluvchi dunyoning ko’plab mamlakatlarida bo’linmalar, sho‘ba kompaniyalarini joylashtirishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish tizimini shakllantirishadi; – TMKlar ularga yuqori darajada afzallik beruvchi ko’p millatli aktsionerlik kapitaliga egalik qilishadi; – TMKlar dunyoning turli mintaqa va mamlakatlari o’rtasida turli xildagi resurslarni (kapital, ishchi kuchlari va boshq.) taqsimlashni samarali tarzda amalga oshiradi; – TMKlar ilmiy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlari, nouxaular, yangi mahsulotlar va texnologiyalarni joriy etish hamda ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish sohalarida uzluksiz faoliyat olib borishadi; – mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro iqtisodiy, ilmiy-tadqiqot va texnologik hamkorlik aloqalarining kengayishiga faol yordam ko’rsatadi; Korporatsiyalar yuqoridagi xususiyatli belgilarga ega bo’lgan holda transmilliy korporatsiya maqomini oladi. Hozirgi kunda BMT tomonidan quyidagi xususiyatli belgilarga ega bo’lgan korporatsiyalar TMK jumlasiga kiritiladi: Hozirgi kunda BMT tomonidan quyidagi xususiyatli belgilarga ega bo’lgan korporatsiyalar TMK jumlasiga kiritiladi: - – markazlashgan boshqaruv tizimi asosida muvofiqlashtirilgan iqtisodiy siyosatni yuritishi;
- – ishlab chiqarish bo’linmalarining majburiyatlar hamda resurslar almashinuvida bir biri bilan faol hamkorligi;
- – yillik savdo hajmi 1 mlrd. dollardan kam bo’lmasligi;
- – umumiy moliyaviy aylanma mablag’larining 1/5 qismidan 1/3 qismigacha xorijdagi operatsiyalarga to’g’ri kelishi;
- – xorijdagi aktivlar ulushi 25 foizidan kam bo’lmasligi;
- – filiallari oltitadan kam bo’lmagan mamlakatlarda mavjud bo’lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |