7
O’z-o’zidan o’simlik moyi, hayvonlar yog’i, ko’mir, don, torf va boshqa
moddalar yonib ketishi mumkin.
5.
Portlash. Portlash yonuvchi moddaning juda katta bosim va energiya hosil
qilib juda qisqa vaqt davomida yonish jarayonidir.
Modda va materiallarning yonuvchanlik va portlash xususiyatlarini
aniqlovchi ko’rsatkichlar
Yonuvchi moddalar 3 ta agregat holatda bo’lishlari mumkin:
gazsimon, suyuq
va
qattiq. Moddalarning yong’in va portlash xavfini
aniqlashda ularni agregat
holatlarga bo’lish uchun quyidagicha tasnif beriladi:
Gazlar – bug’larining absolyut bosimi 50 ºS temperaturada 300 kPa yoki
undan katta bo’ladigan moddalar;
Suyuqliklar – erish temperaturasi 50 ºS dan oshmaydigan moddalar;
Qattiq moddalar - erish temperaturasi 50 ºS dan katta bo’lgan moddalar;
Changlar – zarrachalari o’lchamlari 850 mkm dan katta bo’lmagan
maydalangan qattiq moddalar.
Moddalarning yong’in xavfi, ya’ni teng sharoitlarda yonish sodir bo’lish
ehtimoli darajasi, turli ko’rsatkichlar bilan aniqlanadi. Moddalarning yong’in va
portlash xavfi hamma ko’rsatkichlar bo’yicha emas, balki ularni to’la tavsiflovchi
asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha aniqlanadi.
Gazlar va bug’larning yong’in va portlash
xavfi quyidagi kattaliklar
bo’yicha olib boriladi:
alangalanish temperaturasi;
o’z-o’zidan alangalanish temperaturasi;
alangalanish sohasi (alangalanishning kotsentratsiya chegaralari
bilan).
Ishlab chiqarishda gaz yoki bug’ konsentratsiyasi aralashmada 0...100 %
gacha
o’zgarishi mumkin. Lekin bu aralashmalarning hammasi ham portlovchi yoki
yonuvchi bo’la olmaydi. Aralashma portlovchi yoki yonuvchi bo’lishi uchun gaz ,
bug’ konsentratsiyasi portlovchi konsentratsiyalar chegaralari oraliqida bo’lishi
lozim. Bunday kattaliklar:
Do'stlaringiz bilan baham: