O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti


Qishloq xo’jalik mahsulotlari tannarxining tahlili


Download 444.35 Kb.
bet29/33
Sana05.06.2020
Hajmi444.35 Kb.
#115026
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama

17.3. Qishloq xo’jalik mahsulotlari tannarxining tahlili


Hisobot davridagi bir birlik mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini bazis davridagi (yoki rejalashtirilgan) tannarxiga solishtirib, mutlaq va nisbiy o’zgarishlari aniqlanadi. 1 s. mahsulot tannarxining o’zgarishi bevosita quyidagi omillar ta’siri ostida sodir bo’ladi:

1) 1 gektar ekin maydoni (yoki 1 bosh chorva moli) hisobiga sarf bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari hajmining o’zgarishi;

2) Hosildorlik yoki mahsuldorlikning o’zgarishi).

Ushbu omillar ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usuli orqali aniqlaymiz. Tannarx tahlilini o’simlikchilik mahsuloti misolida ko’rib chiqamiz. Tannarxning o’zgarishiga omillarning ta’sirini aniqlashdan oldin 1 s. mahsulotning shartli tannarxini aniqlab olish zarur. Shartli tannarx qanday aniqlanadi? Shartli tannarxni (Zsh) aniqlash uchun hisobot yilidagi 1 gektar ekin maydoni hisobiga sarf bo’lgan xarajatlar hajmini (IX1) bazis yilidagi hosildorlik darajasiga (H0) bo’lish kerak:



Tannarx tahlili quyidagi ketma ketlikda amalga oshiriladi.



Mahsulot tannarxining indeksi:-

Ushbu o’zgarishga omillarning ta’siri quyidagicha aniqlanadi.



1.,Bir gektar ekin maydoni hisobiga sarf bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari indeksi: :

2.hosildorlikindeksi: 

Ushbu omillar ta’sirlarining yig’indisi 1 s. mahsulot tannarxining umumiy o’zgarishiga teng shart..



Nazorat savol va topshiriqlar

1.Ishlab chiqarish xarajatlari hajmining omilli tahlilini Zanjirli bog’lanish usulini qo’llab,bajaring

2.Tannarx deganda nima tushuniladi?

3. 1 s. paxta tannarxi dinamikasining tahlilini Indeks usuli bilan bajarish tartibini yoriting



Mustaqil ish topshiriqlari

1 s. bug’doy tannarxining o’zgarishiga qaysi omillar tasir qiladi:

a) 1 gektar bug’doy maydoniga qilingan xarajat,jami yetishtirilgan bug’doy miqdori

b) 1 gektar bug’doy maydoniga qilingan xarajat,yalpi hosil miqdori

v) 1 gektar bug’doy maydoniga qilingan xarajat,bug’doy hosildorligi

g) Jami ishlab chiqarish xarajati,bug’doy yalpi hosili

Tavsiya etiladigan adabiyotlar

1. Qudratov T.K., Qudratova O., Fayziyeva N. Qudratova I. «Qishloq xo’jalik korxonilari faoliyatining taxlili» O’quv qo’llanma. Samarqand 2008 yil.

2.Qudratov T.,Fayziyeva N. Qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining tahlili. Darslik. Samarkand-2010yil.

3. Korxonalari faoliyatining tahlili va nazorati.. Darslik. T.:”Voris” nashriyoti,2012 yil



Download 444.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling