Har bir mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda qo’shilgan qiymatning bir qismi bo’lib hisoblanadi va u sotilgan mahsulot qiymati bilan ishlab chiqarish tannarxi orasidagi farq tariqasida aniqlanadi. Buni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz: .
Bunda, q-sotilgan mahsulotning fizik miqdori., p-o’rtacha sotish bag’osi., z-sotilgan bir birlik mahsulot tannarxi.
Yalpi foyda dinamikasining nisbiy o’zgarishini yalpi foyda umumiy indeksi orqali aniqlanadi:
Ushbu o’zgarish uch omil hisobiga sodir bo’ladi. Ushbu omillarning yalpi foydaning o’zgarishiga ta’sirini quyidagi uch indeks orqali aniqlash mumkin:
1.Sotilgan mahsulot fizik miqdori umumiy indeksi:
2.Baho umumiy indeksi:
3.Tannarx umumiy indeks:
Sotilgan mahsulotlar rentabelligining statistik tahlili.
Sotilgan mahsulot rentabelligining statistik tahlilini quyidagi indekslar yordamida amalga oshirish mumkin:
1.Sotilgan mahsulot rentabelligi dinamikasi indeksi:
2. Sotilgan mahsulot tannarxi indeksi:
3. Sotilgan mahsulot foydasi indeksi:
Bu yerda, mos holda bazis va hisobot yillarida sotilgan bir birlik mahsulot tannarxi;
mos holda bazis va hisobot yillarida bir birlik mahsulotni sotishdan olingan foyda.
Nazorat savol va topshiriqlar
1.Qishloq xo’jaligi qo’shilgan qiymati qanday hisoblanadi?
2. Mahsulotlar hajmi umumiy indeksining mazmunini tushuntiring
3. Qishloq xo’jaligida yalpi ishlab chiqarishining hajmi qanday hisoblanadi?
Mustaqil ish topshiriqlari
Qishloq xo’jaligi yalpi foydasini aniqlang:
a) Qishloq xo’jaligi yalpi ichki mahsulot qiymatidan mehnat haqini chegirib tashlash kerak
b) Qishloq xo’jaligi yalpi ichki mahsulot qiymatidan ishlab chiqarishga xisoblangan soliqlarni chegirib tashlash kerak
v) Qishloq xo’jaligi yalpi ichki mahsulot qiymatidan ishlab chiqarish xarajatlarini chegirib tashlash kerak
g) Qishloq xo’jaligi yalpi ichki mahsulot qiymatidan mehnat haqi, ishlab chiqarishga va importga xisoblangan soliqlarni chegirib tashlash kerak
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.Abdullayev Yo.,Qudratova O. – Statistika.Darslik . T.: 2011.
2..Qudratov T. –Qishloq xo’jalik statistikasi. Darslik.. Samarqand -2013..
3..Qudratov T. –Qishloq xo’jalik statistikasi. Maruzalar matni. Samarqand -2012.
4.Qudratov T.,Dehqanov S. Qishloq xo’jalik statistikasi. O’quv qo’llanma. T. : 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: |