O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti
-mavzu. Korxonalar moliyaviy holatining tahlili
Download 444.35 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.1. Korxonalar moliyaviy holati tahlilining ahamiyati,maqsadi va vazifalari
- 18.2.Aktiv va passiblarning tahlili
- 18.3.Moliyaviy barqarorlik va to ,l ovga qodirlik koeffitsientlarning tahlili
18-mavzu. Korxonalar moliyaviy holatining tahlili.Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, Korxonalar moliyaviy holatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni mazmun-mohiyatini tushuntirish, ularni hisoblash usullarini va omilli tahlil etib,moliyaviy ahvolini yanada yaxshilash imkoniyatlarini aniqlash yo’llarini talabalarga o’rgatish hisoblanadi. Tushunchalar va tayanch iboralar Balans, balans-brutto, balans-netto, balans aktivi, balans passivi, mulk, kapital, majburiyatlar, tulov mablaglari, tulov majburiyatlari, aylanma mablaglar, moddiy aylanma mablaglar, uz aylanma mablaglari, uz mablaglari, karz mablaglari, moliyaviy borkarorlik, tulovga kodirlik, debitorlar, kreditorlar, debitorlik karzlari, kreditorlik karzlari. Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi Asosiy savollar: 1. Korxonalar moliyaviy holati tahlilining ahamiyati,maqsadi va vazifalari. 2.Aktiv va passiblarning tahlili 3.Moliyaviy barqarorlik va to,lovga qodirlik koeffitsientlarning tahlili 18.1. Korxonalar moliyaviy holati tahlilining ahamiyati,maqsadi va vazifalariMoliyaviy tahlilning asosiy qismi bo’lib korxonalar moliyaviy xolatining tahlili hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy xolati uning moliyaviy barqarorligi, moliyaviy mustaqilligi, to’lovga qodirligi, o’z mablag’lari bilan ta’minlanganligi, debitorlik va kreditorlik qarzlari xolati kabi jihatlarini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Ushbu ko’rsatkichlar darajasini o’rganish va tahlil etish hamda ularning natijalarini umumlashtirish orqali korxonaning moliyaviy holatiga baho beriladi. Shuning uchun ham ushbu ko’rsatkichlarni o’z vaqtida tahlil qilib turish – korxonaning moliyaviy axvolini yaxshilash hamda iqtisodiyotni mustaxkamlash uchun shart sharoit yaratadi. Shu nuqtai nazardan tahlilning ahamiyati nixoyatda katta va beqiyosdir.
Taxlilning asosiy vazifalari kuyidagilardir: 1.Korxonaning aktivlari, kapitali, majburiyatlari holatini aniqlash va o’zgarishiga baho berish; 2.Moliyaviy ahvolning barqarorligini aniqlash va uning o’zgarishiga baho berish; 3.Balans likvidligi ko’rsatkichlarini aniqlash va ularning o’zgarishini tahlil qilish; 4.Korxonaning to’lov layoqati koeffisiyentini aniqlash va uning o’zgarishiga baho berish; 5.Moliyaviy koeffisiyentlarni aniqlash va ularning o’zgarishiga baho berish. 6.Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligini o’rganish 7.Debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o’rganish. 8.Foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish bo’yicha tavsiyalar, takliflar berish.
Buning uchun birinchi navbatda korxonaning aktivlari va passivlari tarkibi va tarkibiy tuzilishi hisoblab olinadi. Shundan so’ng tahlil boshlandi. Tahlilda korxona aktivlari va passivlaridagi umumiy va tarkibiy o’zgarishlar balansning har qaysi tomoni bo’yicha alohida o’rganiladi. Gorizontal tahlil usuli yordamida aktivning ham, passivning ham tarkibini tahlili har bir bo’limi va har bir moddasi bo’yicha yil oxiridagi summasini yil boshidagi summasiga solishtirib, mutloq va nisbiy o’zgarishlarini aniqlab, baho berish bilan amalga oshiriladi. Ularning tarkibining tahlili bilan bar qatorda tarkibiy tuzilishi ham o’rganiladi. Buning uchun har bir bo’lim va moddalar bo’yicha aniqlangan yil oxiridagi salmog’ini yil boshidagi salmog’iga solishtirib, tarkibiy tuzilish holati tahlil qilindi. So’ngra mutlaq va nisbiy o’zgarishlar asosida moliyaviy ahvolning umumiy holatiga baho beriladi. Korxonaning holatiga baho berishda balans ma’lumotlari asosida moliyaviy koeffisiyentlarni aniqlash va tahlil qilish katta ahamiyat kasb etadi, chunki ular asosida moliyaviy ahvolni yaxshilash imkoniyatlari aniqlandi. Shular jumlasiga moliyaviy barqarorlik, to’lovga qodirlik koeffisiyentlari kiradi. Endi,shu koeffisiyentlar tahlil qilish usuliga to’xtalamiz. 18.3.Moliyaviy barqarorlik va to,lovga qodirlik koeffitsientlarning tahliliMoliyaviy barqarorlik deganda nima tushuniladi? Moliyaviy barqarorlik deganda moddiy aylanma mablag’larning (Tovar –moddiy zaxiralarning) ularni tashqil qiluvchi asosiy manbalar bilan qoplanish darajasi tushuniladi. Tashqil qiluvchi asosiy manbalar bo’lib, o’z aylanma mablag’lari manbalari bilan qisqa muddatli kreditlar va qarzlar hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlik tahlili buxgalteriya balansi-netto asosida amalga oshiriladi. Buning uchun birinchi navbatda yil boshi va yil oxiridagi tovar-moddiy zaxiralarining asosiy manbalari hajmi hisoblab olinadi. So’ngra ularni mavjud moddiy aylanma mablag’lar hajmibilan solishtirish orqali tovar-moddiy zaxiralarining manbalar bilan ta’minlanish darajasi mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlarda aniqlanadi, natijada moliyaviy barqarorlik darajasiga baho beriladi. Moliyaviy barqarorlik o’z navbatida to’rt turga bo’linadi: Mutlaq moliyaviy barqarorlik .., Mo’tadil moliyaviy barqarorlik: .., Nomu’tadil moliyaviy barqarorlik : .., Krizis holidagi moliyaviy barqarorlik .., Bunda, Z- Tovar-moddiy zaxiralar hajmi; Zm –o’z aylanma mablag’lar(Tovar-moddiy zaxiralar) manbai; B-qisqa muddatli kredit va qarzlar; U-moliyaviy tenglikni yumshtuvchi manbala
To’lovga qodirlik ko’rsatkichlari o’z navbatida 3 turga bo’linadi. Ushbu ko’rsatkichlarni hisoblash usuli va ta’rifini quyidagi shakldan ko’rish mumkin.
Omilli tahlil usuli orqali to’lovga qodirlik koeffisiyentlari o’zgarishiga omillarning ta’siri hisoblanadi va har birining ta’siriga baho beriladi. Omillar tasirini zanjirli bog’lanish usuli orqali aniqlash zarur. Buni mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining tahlili misolida keltirdik. Hisobot davridagi mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentini bazis davridagi mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentiga solishtirib,o’zgarishi aniqlanadi: Ushbu o’zgarishga omillar tasirini aniqlash: 1.Mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining o’zgarishiga joriy kreditorlik qarzlari o’zgarishining tasiri: 2. Mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining o’zgarishiga qisqa muddatli kreditlar va qarzlar o’zgarishining tasiri: 3. Mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining o’zgarishiga pul mablag’lari summasi o’zgarishining tasiri: Ushbu uch omil tasirlarining yig’indisi mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining o’zgarishiga teng kelishi kerak.. Nazorat savol va topshiriqlar 1.Moliyaviy xolat taxlilining maksadi nimadan iborat? Shuni tushuntiring 2. Moliyaviy barqarorlik deganda nima tushuniladi?Uning tahlilini tushuntiring 3. To’lovga qodirlik deganda nima tushuniladi?Uning tahlilini bayon qiling Mustaqil ish topshiriqlari To’lovga qodirlik koeffisiyenti qanday aniqlanadi? a)To’lov mablag’larini qisqa muddatli to’lov majburiyatlariga bo’lish orqali b) To’lov mablag’larini uzoq muddatli to’lov majburiyatlariga bo’lish orqali v) Qisqa muddatli to’lov majburiyatlarini To’lov mablag’lariga bo’lish orqali g) To’lov mablag’larini to’lov majburiyatlariga bo’lish orqali
1.Vahobov A.V. va boshqalar.Moliyaviy va boshqaruv tahlil.Dfrslik. T.: 2005. 2.Qudratov T.,Fayziyeva N. Qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining tahlili. Darslik. Samarkand-2010yil. 3 Korxonalari faoliyatining tahlili va nazorati.. Darslik. T.:”Voris” nashriyoti,2012 yil Download 444.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling