O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti


-mavzu. Statistik svodkalash va guruhkash.Mutlaq va nisbiy miqdorlar


Download 444.35 Kb.
bet4/33
Sana05.06.2020
Hajmi444.35 Kb.
#115026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama

3-mavzu. Statistik svodkalash va guruhkash.Mutlaq va nisbiy miqdorlar



Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, statistik svodkalash va guruhlash usullarining mazmunini,mutlaq miqdorlar va ularni hisoblash usullarini hamda nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibini talabalarga o’rgatish hisoblanadi.

Tushunchalar va tayanch iboralar. Statistik svodkalash.Statistik guruhlash. Mutlaq miqdorlar.Yakka mutlaq miqdor.Umumiy mutlaq miqdor Nisbiy miqdorlar. Reja bajarilishini ifodalovchi nisbiy. Dinamika nisbiy miqdori. Intensiv nisbiy miqdor. Koordinasiya nisbiy miqdori. .

Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi

Asosiy savollar:

1.Statistik ma,lumotlarni svodkalash va guruhkash usullari

2. Mutlaq miqdorlar to,grisida tushincha va ularning turkarini hisoblash tartibi

3.Nisbiy miqdorlar to,grisida tushincha va ularning turkarini hisoblash tartibi


3.1.Statistik svodkalash va guruhkash usullari


Statistik kuzatish natijasida ko’p ma’lumotlar to’planadi, ammo ushbu ma’lumotlarning tarqoqligi, biror bir belgi bo’yicha tartibga solinmaganligi sababli sodir bo’lgan hodisalar to’g’risida xulosalar chiqarishga imkon bermaydi. Shuning uchun navbatdagi vazifa bo’lib, olingan ma’lumotlarni jamlash, bir tizimga keltirish va ularni qayta ishlash hisoblanadi. Bu vazifa statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichida amalga oshiriladi (bajariladi). Bu bosqich – statistik kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni svodkalash va guruhlash deb ataladi. Demak, statistik svodkalash va guruhlash deb nimalar tushuniladi?

Statistik svodkalash deb statistik kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni reja asosida yig’ish usuli tushuniladi.

Statistik guruhlash deb statistik kuzatish natijasida to’plamgan (jamlangan) ma’lumotlarni muhim belgilari bo’yicha guruhlarga ajratib o’rganish usuli tushuniladi.

Statistik tadqiqotning uchinchi bosqichi bo’lib, olingan ma’lumotlarni statistik tahlil qilish va imkoniyatlar to’g’risida xulosalar chiqarish hisoblanadi.

.

3.2.Mutlaq miqdorlar to,grisida tushincha va ularning turkarini hisoblash tartibi


Mutlaq miqdorlar malum davrda va malum xududda u yoki bu hodisaning fizik miqlori yoki hajmini ifodalaydi. Mutlaq miqdorlar barcha ijtimoiy hodisalar to’g’risida hisob-kitoblarning , tadqiqotlarning va iqtisodiy-statistik tahlilning asosi bo’lib hisoblanadi.

Mutlaq miqdorlar ifodalanishi bo’yicha quyidagi ikki turga bo’linadi:

1.Yakka mutlaq miqdorlar

2.Umumiy mutlaq miqdorlar



Yakka mutlaq miqdorlar o’rganilayotgan to’plamning alohida bo’laklarini miqdoriy jihatlarini tavsiflaydi va ular statistik tadqiqot uchun manba bo’lib hisoblanadi.

Umumiy mutlaq miqdorlar o’rganilayotgan u yoki bu to’plamning barcha birliklarining miqdoriy belgilarining jamini tariflaydi. Umumiy mutlaq miqdorlar mohiyati jihatidan bir xil bo’lgan yakka mutlaq miqdorlar yig’indisi bo’lib hisoblanadi.

Mutlaq miqdorlar natura, shartli-natura,pul va kompleks o’lchov birliklarida ifodalanadi.


3.3.Nisbiy miqdorlar to,grisida tushincha va ularning turkarini hisoblash tartibi


Ijtimoiy hodisalarni tariflashda va ularga baho berishda mutlaq miqdorlar bilan bir qatorda nisbiy miqdorlar keng qo’llaniladi.

Nisbiy miqdorlar deganda qanday miqdorlar tushuniladi? Bir mutlaq miqdorning ikkinchi mutlaq miqdorga nisbati tariqasida aniqlanadigan uchinchi miqdor nisbiy miqdor deb tushuniladi. Nisbiy miqdorlar asosan koeffisiyent va foizlarda ifodalanadi.

Nisbiy miqdorlar quyidagi turlarga bo’linadi:



  1. Rejaning bajarilishini ifodalovchi nisbiy miqdorlar

  2. Reja topshirig’ini ifodalovchi nisbiy miqdorlar

  3. Dinamika nisbiy miqdorlari

  4. Struktura nisbiy miqdori

  5. Koordinasiya nisbiy miqdori(KNM):

6.Intensiv nisbiy miqdorlar



Nazorat savol va topshiriqlar

1.Statistik svodkalash deganda nimani tushunaiz?Tushuntiring.

2. Statistik guruhlash nima?Mazmunini tushuntiring.

3.Guruhlash belgisi nima va uning qanday turlarini bilasiz?

4.Nisbiy miqdorlar deganda qaysi miqdorlar tushuniladi?

5.Dinamika nisbiy miqdori qanday niqlanadi?Mazmuninitushuntiring.

Mustaqil ish topshiriqlari.Nisbiy miqdorlarni amaliyot o’tagan xo’jalik misolida hisoblang,xulosa yozing va o’qituvchiga ko’rsatib,to’g’ri yechganingizga ishonch hosil qiling

4-mavzu. O,rtacha miqdorlar va variatsiya ko,rsatkichlari



Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, o’rtacha miqdorlar va ularning turlarini hisoblash usullarini,moda va medianani qator turlarida hisoblash yo’llarini hamda variatsiya ko,rsatkichlari va dispersion tahlil asoslarini talabalarga o’rgatish hisoblanadi.

Tushunchalar va tayanch iboralar. O’rtacha miqdor. O’rtacha arifmetik miqdor. O’rtacha garmonik miqdor. O’rtacha xronologik miqdor.Moda.Mediana.Variasiya. Variasion kenglik. O’rtacha mutlaq tafovut.Dispersiya. O’rtacha kvadratik tafovut. Variasiya koeffisiyenti.

Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi

Asosiy savollar:

1.O,rtacha miqdorkar to,grisida tushincha, turkari va ularni hisoblash tartibi

2.Moda va mediana tushinchasi va ularni qator turlarida hisoblash

3.variatsiya ko,rsatkichlari va dispersion tahlil asoslari


4.1.O,rtacha miqdorkar to,grisida tushincha, turkari va ularni hisoblash tartibi


Statistikada qanday ko’rsatkichlar o’rtacha miqdorlar deb ataladi? Iqtisodiyotda sodir bo’ladigan ommaviy hodisalarning tipik xususiyatlarini,tipik alomatlarini umumlashtirgan holda tavsiflovchi ko’rsatkichlar o’rtacha miqdorlar deb ataladi. Iqtisodiyotda sodir bo’ladigan har qanday hodisa o’zining yakka va umumiy miqdoriga ega bo’ladi.ammo ular o’sha hodisaning tipik xususiyatlarini umumlashtirgan holda tavsiflay olmaydi. Shuning uchun ommaviy hodisani,to’plamni tipik xususiyatlarini umumlashtiruvchi ko’rsatkichni,yani o’rtacha miqdorni aniqlash zarurati tug’iladi.Ommaviy hodisalarning har qanday xildosh ,turdosh guruhda hamma vaqt malum darajada bir-biridan farq qilish, xilma xillik mavjud bo’ladi,ularda xilma xillik borligidan o’rtacha miqdorni hisoblab olish uchun zarurat tug’iladi.O’rtacha miqdor o’zi tariflab beradigan guruhdagi turdosh bo’lgan malum hodisalarning hammasiga xos bo’lgan umumiy tipik xususiyatlarni ifodalaydi.Masalan,tuman bo’yicha paxta hosildorligini o’rganib,unga baho berish ustida gap borsa,bir fermer xo’jaligining qo’lga kiritgan hosldorligi darajasi va yalpi hosili to’g’risidagi malumotlar yetarli bo’lmaydi,chunki paxta hosildorligi darajasi va yalpi hosili miqdori har bir fermer xo’jaligida (aytaylik tumanda 1200 fermer xo’jaligi mavjud ) har xil bo’ladi. Bir fermer xo’jaligining hosildorligi ko’rsatkichi bo’yicha tumandagi paxtaning o’rtacha hosildorligi darajasiga baho berib bo’lmaydi.Shuning uchun tuman bo’yicha o’rtacha paxta hosildorligi darajasi ko’rsatkichini aniqlab,uning holatiga,dinamikasi o’zgarishiga ,uning rivojlanish tendensiyasiga baho berish mumkin.O’rtacha sonlar bir biridan farq qiluvchi yakka miqdolarning o’rtachasidir. O’rtacha miqdorlar to’plam birliklari orasidagi tafovutlarni umumlashtiradi, shu to’plam uchun xos bo’lgan tipik xususiyatlarni ,umumiy yo’nalishini ochib beradi.Boshqacha aytganda, o’rtacha miqdorlr to’plam uchun xos bo’lgan qonuniyatni ifodalaydi.

O’rtacha miqdorlar bir necha turlarga bo’linadi. statistikada ko’proq qo’llaniladigani o’rtacha arifmetik, o’rtacha garmonik va o’rtacha xronologik miqdor turlaridir.



O’rtacha arifmetik miqdorlar o’z navbatida ikki turga bo’linadi:

1.O’rtacha arifmetik oddiy miqdorlar



2.O’rtacha arifmetik tortqichli miqdorlar

O’rtacha arifmetik oddiy miqdorlar qay vaqtda qo’llaniladi? O’rganilayotgan to’plamda o’rtalashtirilayotgan belgilar soni bir yoki bir necha teng marta takrorlanganda qo’llaniladi:

=,

Bunda,- O’rtacha arifmetik oddiy miqdor

- belgilar miqdorlarinng yig’indisi

belgilar coni



O’rtacha arifmetik tortqichli miqdorlar qay vaqtda qo’llaniladi? To’plamda o’rtalashtirilayotgan belgilar(x) bir necha marta takrorlanganda yoki belgilarning vaznlari(f) har xil bo’lgan tag’dirda qo’llaniladi:



O’rtacha garmonik miqdorlar qay vaqtda qo’llaniladi? O’rtacha garmonik miqdorlar to’plamdagi variantlarning qiymati(x) va umumiy hajmi (w) malum bo’lib, variantlarning vaznlari (f) nomalum bo’lgan tag’dirda ishlatiladi:

=

O’rtacha xronologik miqdorlar qay vaqtda qo’llaniladi? To’plamda o’rtalashtirilayotgan belgilar(x) har oyning boshiga ma’lum bo’lgan taqdirda qo’llaniladi:

bunda, yilning 1 yanvaridan boshlab, har bir oyning boshida mavjud bo’lgan belgilarni bildiradi

sanalar soni (chorak bo’lsa yil bo’lsa ).


Download 444.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling