O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti


Download 444.35 Kb.
bet3/33
Sana05.06.2020
Hajmi444.35 Kb.
#115026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama

2-mavzu. Statistik kuzatish



Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, Statistik kuzatishning mazmunini,shakllari,turlari va usullarini hamda kuzatish xatolari va ularni tekshirish yo’llarini talabalarga o’rgatish hisoblanadi.

Tushunchalar va tayanch iboralar Statistika.Statistik kuzatish.Kuzatish shakllari.Statisik hisobot..Bevosita kuzatish. Qisman kuzatish. Yoppasiga kuzatish. Tasodifiy xatolar.Muntazam xatolar

Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi

Asosiy savollar:

1.Statistik kuzatish to,grisida tushincha va uning dasturiy-uslubiy taminoti

2. Statistik kuzatish shakllari, turlari va usullari

3. Statistik kuzatish xatolari va ularni tekshirish



2.1.Statistik kuzatish to,grisida tushincha va uning dasturiy-uslubiy taminoti


Statistik tadqiqatning birinchi bosqichi bo’lib. Statistik kuzatish hisoblanadi.

Statistik kuzatish deganda nima tushuniladi? Statistik kuzatish deganda ijtimoiy hodisalar va jarayonlar haqidagi malumotlarni ilmiy asoslangan reja va dasturlar asosida to’plash tushuniladi.

Statistik kuzatish qanchalik to’g’ri va chuqur ilmiy asosda tashkil etilsa,oqibatda tekshirish natijalari aniq va maqsadga javob beraoladigan bo’ladi.

Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy ta,minoti quyidagilarni o,z ichiga oladi:

1. Kuzatish maqsadi va vazifalari

2.Kuzatish dasturi

3. Kuzatish obyekti

4. Kuzatish birligi

5. Statistik kuzatish formulyari va yo’riqnoma



2.2. Statistik kuzatish shakllari, turlari va usullari


Statistik kuzatish quyidagi ikki shaklda tashkil qilinadi:

1.Statistik hisobot shaklida

2.Maxsus Statistik kuzatish shaklida

Statistik hisobot Statistik kuzatishning asosiy shakli bo’lib hisoblanadi.Uning malumotlari iqtisodiyotni boshqarishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi, yani xalq xo’jaligini va uning tarmoqlarini o’sish darajalarini aniqlashda va tahlil etishda hamda istiqbolli rejalar tuzishda asos bo’ladi. Ammo unda hayot uchun zarur bo’lgan ayrim malumotlar o’z aksini topmaydi. Masalan,aholining soni va tarkibi to’g’risidagi malumotlar, ishchi va xizmatchilarning,fermer va shirkat xo’jali azolarining daromadlari to’g’risidagi kabi malumotlar Statistik hisobotlarda ko’rsatilmaydi. Bunday malumotlarni olish uchun Maxsus Statistik kuzatish shakli tashkil qilinadi.

Hodisalarni qayd qilish vaqti bo’yicha statistik kuzatish 3 turga bo’linadi:

1.Joriy statistik kuzatish

2.Davriy statistik kuzatish

3.Bir yo’la kuzatish



Joriy statistik kuzatish deganda u yoki bu hodisaning paydo bo’lishi bilan uzliksiz ravishda qayd qilish tushuniladi.Masalan,tug’ilish va o’lishni qayd qilish, qishloq xo’jalik texnikalarining kelib tushishini fayd qilish va boshqalar

Davriy statistik kuzatish deganda sodir bo’lgan hodisalarni qatiy belgilangan vaqt oralig’ida qayd qilish tushuniladi.Masalan, har yili mollar sonini qayta hisoblash,xo’jaliklarning oylik, choraklik, yarim yillik, yillik hisobotlari va boshqalar.

Bir yo’la kuzatish deganda zaruriyat tug’ilganda hodisalarni davrning aniq vaqtiga qayd qilish tushuniladi. Masalan, ko’p yillik mevali dov-daraxtlar ro’yxati, uy-joy fondlari ro’yxati va hakozo.

O’rganilayotgan to’plam birliklarini qamrab olish darajasi bo’yicha statistik kuzatish 2 turga bo’linadi:

1.Yoppasiga kuzatish

2.Qisman kuzatish



Yoppasiga kuzatish deyilganda statistik to’plamdagi barcha birliklar haqidagi malumotlarni to’plash tushuniladi. Bunga misol qilib,statistik hisobotlarni ko’rsatish mumkin.

Qisman kuzatish deyilganda statistik to’plamdagi birliklardan qandaydir bir qismi haqida kerakli bo,lgan malumotlarni to’plash tushuniladi. Qisman kuzatish o’z ichiga tanlama kuzatish, asosiy massivni kuzatish,anketli kuzatish va monografik kuzatishni oladi.

Statistik kuzatish 3 xil usulda olib boriladi:

  1. Bevosita kuzatish usuli

  2. Hujjatli kuzatish usuli

  3. Savol-javob usuli



2.3. Statistik kuzatish xatolari va ularni tekshirish


Statistik kuzatish xatolari o’z navbatida ikkiga bo’linadi:

  1. Qayd qilish xatolari

  2. Reprezentativ xatolar

Qayd qilish xatolari o’z navbatida tasodifiy va muntazam xatolarga bo’linadi.

Tasodifiy xatolar deganda nima tushuniladi? Tasodifiy xatolar deganda yozuvdan tushirib qoldirilgan,sanashda xatolikka yo’l qo’yilgan,kuzatuvchining charchashi natijasida yuzaga kelgan xatolar tushuniladi.

Muntazam xatolar deganda nima tushuniladi? Muntazam xatolar deganda bila turib va bilmasdan turib yo’l qo’yilgan xatolar tushuniladi.

Reprezentativ xatolar deganda nima tushuniladi? Reprezentativ xatolar deganda bosh to’plam bilan tanlama to’plam orasidagi tafovut tushuniladi. Bu xato faqat tanlama to’plamga xosdir.

Statistik kuzatishda qo’yilgan xatolarni tekshirish quyidagi ikki xil usul bilan amalga oshiriladi :

1.Arifmetik tekshirish

2. Mantiqiy tekshirish



Arifmetik tekshirish deganda malumotlarni jami bo’yicha arifmetik hisoblash orqali,jadvallarning ustunlari va qatorlaridagi malumotlarni dastlabki hisob va buxgalteriya hisobi malumotlari bilan solishtirib tekshirish tushuniladi.

Mantiqiy tekshirish deganda o’zaro bog’liq bo’lgan u yoki bu malumotlarni haqiqiy malumotlar bilan, reja bilan solishtirib tekshirish tushuniladi
Nazorat savol va topshiriqlar:

1.Statistik kuzatish deganda nima tushiniladi?

2.Statistik kuzatish shakllarini tushintiring

3. Tasodifiy xatolar deganda nima tushuniladi?

4. Muntazam xatolar deganda nima tushuniladi?

5. Statistik kuzatishda qo’yilgan xatolarni tekshirish usullarini bayoni



Mustaqil ish topshiriqlari

Hodisalarni qayd qilish vaqti bo’yicha quyidagi statistik kuzatish turlarini fermer xo’jaligi misolida bayon qiling:

1.Joriy statistik kuzatish

2.Davriy statistik kuzatish

3.Bir yo’la kuzatish

Tavsiya etiladigan adabiyotlar :


  1. Abdullayev Yo. – Statistika nazariyasi.Darslik. T.: 2002.

  2. Abdullayev Yo.,Qudratova O. – Statstika.Darslik . T.: 2011.

  3. Statistika. X.A. Shodiyev tahriri ostida. T.: “Ibn Sino”,2004.

  4. Qudratov T. –Qishloq xo’jalik statistikasi. Maruzalar matni. Samarqand -2002.




Download 444.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling