O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi. Toshkent davlat agrar universiteti
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
birja ishi
4. Birjalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi tutgan o’rni va ahamiyati. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustivor yo’nalishlarini belgilab, Prezident I. Karimov 2006yil 10 fevral kuni Vazirlar Mahkamasining 2005 yilda mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006 yildagi yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisda “Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishimiz lozim” deb nomlangan ma’ruzasida – “Bugun to’la ishonch bilan aytishimiz mumkinki, tadbirkorlarga, avvalo kichik biznes sub’ektlariga, asosiy, shu jumladan talab katta bo’lgan moddiy resurslardanfoydalanish imkoniyatini beruvchi barqaror bozor mexanizmi shakllandi ...” deb ta’kidlab o’tdilar.(1) Shunday bozor mexanizmlarining muhim tarkibi bo’lgan birjalar va ularda o’tkazilayotgan birja savdolari ekanligini alohida ta’kidlash o’rinli bo’ladi. Chunki Bugungi kunda kichik biznes sub’ektlarining tovar-moddiy resurslarga bo’lgan o’z ehtiyojlarining qariyb 70 foizini birja savdolarida qilinadigan xaridlari hisobidan ta’minlanmoqda. Birja savdolarida aylanma mablag’lar hajmi 2001-2005 yillar mobaynida 5.5 barobar ortgan. Hozirgi kunda ulgurji savdo aylanmasining uchdan ikki qismi birja savdolari hissasiga to’g’ri kelmoqda. Vaholanki 2000 yilda bu ko’rsatkich atigi 8.5 foizni tashkil etgan. YUqorida keltirilgan raqamlardan ham ko’rinib turibdiki birjalarning mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekan. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak iqtisodiy islohotlarning ustivor yo’nalishi sifatida xususiy mulkchilik tarmog’inikengaytirish, biznes uchun qulay muhit yaratish va uning kafolatlarini mustahkamlash vazifalarini hal qilishga xizmat qiluvchi birjalar va ularda amalga oshiriladigan birja savdolarini rivojlanishi, uning samaradorligini oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
1. Birja tushunchasi, faoliyati va o’ziga xos xususiyatlari qanday? 2. Birjaning rivojlanish tarixi? 3. Respublikada birja turlari, ularning faoliyat yo’nalishlari aniqlab bering? 4. Birjalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi tutgan o’rni va ahamiyati qanaqa?
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling