Birjalarning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iboratdir.
- bozorda savdoning qayta-qayta takrorlanib turishi va tashkil etilishining
muntazamligi;
- avvaldan o’rnatilgan ma’lum qoidalarga rioya qilish (har-bir birja o’z
nizomi, o’z savdo qoidalariga ega va ularga qat’iy rioya qiladi);
- ma’lum bir joyga o’rnashib moslashganligi;
- tovarlarga standartlar o’rnatish;
- ma’lum bir xil (tip) shartnomalar ishlab chiqish;
- narxlarni kotirovkalash;
- mojaro-kelishmovchiliklarni bartaraf qilish-arbitrj;
- birjani axborot sohasidagi faoliyati;
- tovarning o’zi yo’qligida bitimlar tuzilishi;
- bitimlarning o’ziga xos xususiyatlari;
- muqobil sotuvchi va xaridor tomonidan amaolga oshiriluvchi ikki
tomonlama auksion prinsipi;
- sifat jihatidan bir-birining o’rnini bosuvchi, ba’zida bir-biriga to’la mos
keladigan bir xil xususiyatli tovarlar bilan savdo qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |