1. Birja tushunchasi, faoliyati va o’ziga xos xususiyatlari.
O’zbekistonda izchil olib borilayotgan bozor islohotlari natijasida qadam-
baqadam
bozor
iqtisodiyotining
infratuzilmasi
barpo
qilindi.
Jumladan
mamlakatimizda birja savdolarining rivojlanishi va taraqqiyoti bobida e’tiborga loyiq
bir qator ishlar amalga oshirildi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur infratuzilmasisiz zamonaviy tovar ishlab
chiqarish samarali faoliyat ko’rsatishi mumkin emas. Chunki birjalar xomashyo,
maxsulot ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning manvaatiga, ularning talablarini
qondirish uchun xizmat qiladi. Tijorat faoliyatining mustaqil shakli bo’lgan birjalar
tovar bozori infratuzilmasining muhim unsuri (elementi) hisoblanadi.
Xo’sh bozr iqtisodiyoti qonuniyatlari amal qiladigan har qanday iqtisodiy
tizim va sharoitlarda bu qadar muhim ahamiyatga ega bo’lgan birja nima? Ularning
faoliyati qanday tashkil etiladi va nimalarga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |