Bu borada amalga oshirilgan ishlar natijasida
bugungi kunda
Respublikamizdagi mavjud kichik va o’rta biznes sub’ektlarining tovar-moddiy
resurslarga bo’lgan ehtiyojlarining 70 foizdan ortig’ini birja savdolarida qilingan
xaridlar hisobidan qoplamoqdalar.
Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra Respublikamiz bo’yicha birja savdolaridagi
aylanma mablag’lar hajmi 2001-2005 yillarning o’zida 5,5 martaga ortgan. Hozirgi
kunda mamlakatimizdagi ulgurji savdo aylanmasining uchdan ikki qismi birja
savdolari hissasiga to’g’ri kelmoqda. Vaholanki, bu ko’rsatkich 2000 yilda bor yo’g’i
8,5 foizini tashkil etgan.
YUqorida keltirilgan dalillarimizdan shunday xulosa qilish mumkinki, bizning
Respublikamizda birjalar faoliyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilar ekan.
Ushbu e’tiborning eng asosiy negizi bo’lib esa albatta qonunlarimiz xizmat qilar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |