O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi. Toshkent davlat agrar universiteti
Prezidentimiz I.A.Karimovning fundamental asarlaridan hisoblangan
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
birja ishi
Prezidentimiz I.A.Karimovning fundamental asarlaridan hisoblangan
“O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida” deb nomlangan kitobida “Butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog’i zarur. Iqtisodiy o’zgarishlar sinalgan, amaliy kuchga ega bo’lgan qonuularga tayangandagina bu o’zgarishlar muqarrar bqlishi va sezilarli natijalar berishi mumkin”. Prezidentimizning ushbu fikrlaridan shuni anglab olishimiz lozimki – har qanday tizim iqtisodiyoti va uning barcha tarmoqlari ularga tegishli bo’lgan qonuniy asoslarsiz samsarali faoliyat ko’rsata olmaydi.
Shu sababli O’zbekistonda muhim bozor infratuzilmasi hisoblangan birjalar va ular faoliyatining mustahkam va jahon andozalariga javob bera oladigan qonunuiy asoslarni yaratishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Birjalar faoliyatiga taalluqli bo’lgan qonunlar doimiy ravishda takomillashtirilib kelinmoqda.
“Birjalar va Birja ishi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni mustaqillikning dastlabki yillarida, ya’ni 1992 yilning 2 iyulida qabul qilingan bo’lib, uning takomillashtirilgan yangi tahriri 2001 yilning 27 avgustida qabul qilingan. Shuningdek, yana bir asosiy qonunlardan hisoblangan “Qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyat ko’rsatish mexanizmi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni 1996 yilning 25 aprelida qabul qilingan. Bir so’z bilan aytganda hozirgi kunda bevosita birjalar faoliyatiga taalluqli bo’lgan alohida qonunlar tizimi shakllantirilgan.
Alohida e’tibor berishimiz lozimki, bugungi kunda birjalar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishga mamlakatimiz rahbariyati alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Misol uchun 1998-2006 yillar mobaynida aynan shu masalaga bag’ishlangan ikkita Prezident Farmoni, o’ndan ortiq Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan. Shuningdek, Birja ishiga taalluqli bo’lgan yuzlab me’yoriy hujjatlar tegishli vazirlik va idoralar (Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat Mulk qo’mitasi kabilar...) tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, ular birjalarning qonuniy va samarali faoliyat ko’rsatishlarini ta’minlaydi.
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling