ishlov berish tasniflash, saralash, zarur bo’lgan shaklga o’zgartirish, ma’lumotlar
bazasida joylashtirish, izlash va foydalanuvchilarga berishdan iborat. Ishlovga
insonga ham, tizimga ham tushunarli hujjatlar loyiq. Masalan, hisobotlar, loyihalar,
yozma murojaat, arizalar, bank hisoblari, do’konlarning cheklari.
Ma’lumotlar bazasi (MB):
1. Elektron hisoblash mashinalari yordamida qidirib topilishi va qayta ishlanishi
mumkin bo’lgan tarzda tartibga solingan ma’lumotlar to’plami (masalan: maqolalar,
hisob-kitob).
2. Aniq qoidalar asosida tashkil qilingan va amaliy dasturlarga bog’liq
bo’lmagan ma’lumotlar to’plami. Bu qoidalar ma’lumotlarni ta’riflash, saqlash va
joyini o’zgarishga oid umumiy tomoyillarni nazarda tutadi.
Ma’lumotlar bazasi (MB) yetarlicha to’la, to’g’ri tashkil qilingan, hozirgi kunga
doimo mos keluvchi va foydalanish uchun qulay bo’lishi lozim. Bu ma’lumotlar bir-
biriga zid bo’lmasligi zarur. Ma’lumotlarni tahrirlash, to’latish va yo’qotib tashlash,
hamda ularni qidirib topish va saralash MBni boshqarish tizimi (MBBT) yordamida
amalga oshiriladi. MBlari shaxsiy va jamoaviy foydalanishga mo’ljallangan bo’ladi.
Jamoa foydalanadigan yirik MBlarni kuzatib borishni ma’lumotlar bazasining
boshqaruvchisi amalga oshiradi.
Bitta kompyuterda joylashgan mahalliy bazalar va bir-biri bilan bog’langan bir
nechta kompyuterda taqsimlangan bazalar farqlanadi.