O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi
MBBT ni tuzishni dasturiy vositalatri
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
malumotlar bazalari va ularni boshqarish tizimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumotlar banki
MBBT ni tuzishni dasturiy vositalatri
Ma’lumotlar bazasi bitta yoki bir necha modellarga asoslangan bo’lishi mumkin. Xar qanday modelga o’zining xossalari (parametrlari) bilan tavsiflanuvchi obyekt sifatida karash mumkin. Shunday obyekt ustida biror amal (ish) bajarsa bo’ladi.
Ma’lumotlar bazasini asosiy ob’ektlari Ma’lumotlarni nomlangan eng kichik birligi ma’lumot elementidir. U ko’pincha maydon deb aytiladi va bayt va bitlardan tashkil topadi. Ma’lumotlar agregati ma’lumot elementini nomlangan to’plamidir.
Ma’lumotlar bazasini ishlatish afzalliklari. Ma’lumot bazasini administratori . MB administratori deyilganda birorta shaxs yoki bir necha shaxslardan iborat bo’lgan va MB sini loyihalash, uzatish va samarador ishlashini ta’minlovchidir.
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi bilan ma’lumotlar banki tushunchasi ham mavjud (ishlatiladi).Ma’lumotlar banki (MBn) tushunchasi ikki xil talqin etiladi. 1. Hozirgi kunda ma’lumotlar markazlashmagan holda (ishchi o’rinlarda) ShK yordamida qayta ishlanadi. Ilgari ular alohida xonalarda joylashgan EHM larda (hisoblash markazlarida (HM)) markazlashgan holda qayta ishlangan. XM lariga axborotlar tashqi qurilmalar orqali kelib to’plangan. Ma’lumotlar bazasi markazlashgani hisobiga ularni ma’lumotlar banki deb atashgan va shuning uchun ma’lumotlar banki bilan ma’lumotlar bazasi tushunchalari o’rtasida farq qilinmaydi(sinonim sifatida ishlatiladi). 2. Ma’lumotlar banki - ma’lumotlar bazasi uni boshqarish tizimi(MBBT) tushuniladi. Ma’lumotlar banki: 1. Ma’lumotlar majmui. Bu ma’lumotlar berilgan mavzuga tegishli bo’lib foydalanuvchilar bilan o’zaro ta’sir qila olishini ta’minlaydigan tarzda tashkil qilingan. 2. Ma’lumotlarni markazlashtirilgan holda saqlash va jamoa bo’lib foydalanishning avtomatlashtirilgan tizimi. Uning tarkibiga ma’lumotlar bazasi yoki ularning majmui, ma’lumotlar bazasi spravochnigi, MBBT, hamda so’rovlar va amaliy dasturlar kutubxonasi kiradi. Hujjat: 1. Matn, tovush yoki tasvir shaklida axborot yozilgan, zamon va makonda uzatish hamda saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun mo’ljallangan moddiy obekt.
2. Ma’lum bir faktni yoki biror narsaga huquqni tasdiqlovchi ish qog’ozi. 3. Ko’rsatuvchi shaxsini aniqlovchi guvohnoma, rasmiy qog’oz. 4. Ma’lum tarixiy voqealar, faktlar haqidagi yozma guvohnoma.
Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling