O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
Download 101.82 Kb.
|
O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi-конвертирован
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1881 yil F.M. Кamenskiy va M.S. Voronin
Mikoriza. Mikoriza deb yuksak o‘simlik o‘z ildizi vositasida zamburug‘lar bilan birga hayot kechirishi tushiniladi. Zamburug‘ mitseliysi ildizini tashqi tomonidan o‘rab turib o‘ziga xos qoplamni hosil qiladi va tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalarni o‘simlikka olib beradi. Yuksak o‘simlik esa zamburug‘ga organik moddalarini berib turadi.
Eman, qarag‘ay, qayin kabi o‘simlik ildizlari mikotrof oziqlanishiga ega bo‘lib, agar ildizida zam- burug‘ bo‘lmasa ular tezda halok bo‘ladi. Zambrug‘ mitseliysining joylashishiga ko‘ra, 2 xilga ajrati- ladi. Ichki mikoriza. 2. Tashqi mikoriza. Tashqi mikorizada zambrug‘ ildizni o‘sish konusini o‘rab turadi. (qayin eman). Ichki mikorizada zambrug miselisi hujayra ichiga kirib boradi. Bu ko‘pchilik o‘t o‘simliklarda uchraydi. Mikorizalarni ahamiyati 1881 yil F.M. Кamenskiy va M.S. Voronin tomonidan o‘rganilgan. Tuganaklar dukkakdoshar oilasi vakillarining Rhizobium bakteriyasi bilan simbioz yashashi aso- sida vujudga keladi. Ildiz hujayralaridagi bu bakteriyalar atmosfera azotini o‘zlashtiradi. Natijada bu hujayralar yiriklashib tuganaklarni hosil qiladi. 3. Ildiz metomorfoziga ildiz mevalar kiradi (sabzi, lavlagi, turp, sholg‘om). Ildizmevalar 3 qismdan tuzilgan bo‘ladi. Bosh, bo‘yin va haqiqiy ildiz qismidan. Ildizmevaning bosh qismida barg va bargli kurtaklar joylashgan bo‘ladi. Morfologik nuqtai naz- ardan bu qism qisqargan poya bo‘lib unda cheksiz barglar mutevka shaklida joylashadi. Ildizmevaning bo‘yin qismi poyadan kelib chiqqan, silliq barg va ildiz hosil qilmaydi. Ildizmevaning haqiqiy ildiz qismi boshqa qismlaridan ko‘p miqdorda yon ildizlar hosil qilishi bi- lan farqlanadi. Ikki yillik yovvoyi o‘simliklar ildizmevalari tuproqda qishlab ikkinchi yili gul. meva va urug‘ hosil qiladi. Ildizmevalar anotomik tuzilishiga ko‘ra bir kambiyli va ko‘pkambiyli bo‘ladi. Bir kambiyli ildizmevalarning ayrimlarida zahira oziq moddalar ikkilamchi po‘stlarida to‘planadi (sabzida), ayrimlarida; masalan: turpda oziq moddalar ksilemada to‘planadi. Кo‘p kambiyli ildizmevalar qandlavlagida hosil bo‘ladi. Bunday tuzilishda ildizmevaning markazida kselma joylashib uni tashqi qismidan kambiy o‘rab turadi. Кambiyni tashqi tomonidan floema o‘rab turadi. Qandlovlagida uchlamchi tuzilishi harakterli bo‘lib, zahira oziq moddalar xalqal- arida to‘planib boradi. Xalqalar soni 8-10 tagacha bo‘lishi mumkin. Bunday tuzilish tabiatda kam uchraydi. Uni sho‘radoshlar oilasi vakillarida ham uchratish mumkin. Ildiztuganaklar yon va qo‘shimcha ildizlarda zahira oziq moddalarni to‘planishidan hosil bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra ildiz tuganaklari kartoshka tuganaklarini eslatadi, lekin ularda kurtakni yo‘g‘onlashgan qismi yo‘qligi bilan farq qiladi. Кurtaklar faqat ildiz bo‘yin qismida joylashadi. Ildiz tuganaklari faqat, kartoshka gul kabi o‘simliklarda uchraydi. Nafas oluvchi ildizlar tropik botqoqliklarda o‘suvchi o‘simliklarda hosil bo‘ladi. Havo ildizlari tropik o‘rmonlarda o‘suvchi o‘simliklarda hosil bo‘ladi. Bunday ildizlar qo‘shimcha hosil bo‘lib atmosferadan havo parlarini qabul qilib ba’zan tuproqqa borib taqaladi va o‘simlikka suy- anchiq vazifasini bajaradi. Bunday ildizlar epifit o‘simliklarda kam hosil bo‘ladi. Epifit o‘simlik deb boshqa o‘simlik ta- nasidan substrat tariqasida foydalanadigan, parazitlik qilmay hayot kechiradigan o‘simliklar tushuniladi. Masalan: uzum- tok, qo‘ypechak. Ilashuvchi ildizlar havo ildizlarining o‘zgarishi na- tijasida hosil bo‘ladi. Bunday ildizlar tropik o‘rmonlarida o‘suvchi o‘simliklarda hosil bo‘lib, ko‘pchilik lianalar ular vositasida tik o‘suvchi daraxtlarga yopishib ularni vertikal tutib turadi. Savollar: Ildiz qanday vazifalarni bajaradi? Ildizlar kelib chiqishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi? Ildizlar shakliga ko‘ra necha xil bo‘ladi? Mikoriza nima? Ildiz metomorfozi deganda nimani tushunasiz? Epifit o‘simlik deganda qanday o‘simliklarni tushunasiz. O‘simliklarda qanday ildizlar hosil bo‘ladi. Download 101.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling