O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi


MAVZU: NOVDA, POYA VAZIFASI VA MORFOLOGIК TUZILIShI


Download 101.82 Kb.
bet16/57
Sana20.12.2022
Hajmi101.82 Kb.
#1035466
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi-конвертирован

MAVZU: NOVDA, POYA VAZIFASI VA MORFOLOGIК TUZILIShI


Reja:

  1. Novda va uning tuzilishi.

  2. Кurtakning tuzilishi.

  3. Novdaning shoxlanish tiplari.

  4. Poyaning hayot kechirish davriga qarab turlari.

  5. Novdaning shakl o‘zgarishi.

Adabiyotlar: 1, 3, 6.


    1. Bargli poyaga novda deyiladi. Uning asosiy vazifasi o‘simlikni havodan oziqlanishiga xizmat qilishdir. Poya barg va ildiz orasida boglovchi oraliq bo‘lib, unda hosil bo‘lgan moddalarni o‘tkazib beradi. Poya yon novdalarini va bargni tutib turib maxanik funksiyani bajaradi.

Novda kurtakdan yoki urug‘dan hosil bo‘ladi. Novdani barg birikib turadigan qismi barg o‘rni yoki bo‘g‘in deb nomlanadi. Birinchi bo‘g‘inidan ikkinchi bo‘g‘inigacha bo‘lgan masofa bo‘g‘in oralig‘i deyiladi.
Barg va poya oralig‘idagi masofa barg qo‘ltig‘i deyiladi.
Bo‘g‘in oralig‘i uzun va qisqa bo‘ladi. Agar bo‘g‘in oralig‘i qisqa bo‘lsa qisqa bo‘g‘inli, uzun bo‘lsa uzun bo‘g‘inli novdalar deyiladi.
Novdada bo‘g‘in va bo‘g‘in oraliqlari bir necha bo‘lib, ular doimo takrorlanib turadi. Bu hodisaga
metameriya deyiladi.

    1. Кurtak bu novdaning murtak holatidir. Unda barg va poya murtakda joylashgan singari joy- lashadi.

Har bir kurtakning tuzilishi o‘sish konusini himoya qilishga qaratilgan. Кurtakning tashqi qismini qoplab turuvchi barglar kutin va mumsimon moddani shimib, tangachalar hosil qiladi. Tangachalar
temir daraxtida qora rangda bo‘lib fiziologik himoya qilish vazifasini bajaradi. Кashtan bargli eman daraxti kurtaklari mayda tuklar bilan qoplangan bo‘ladi. Кurtak poyada joylashgan o‘rniga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi.
Apikal - uchki kurtaklar. Yon kurtaklar.
Yon kurtaklar barg qo‘ynida joylashadi, shuning uchun bu kurtaklarni yon kurtaklar deyiladi. Кur- taklarni faoliyatiga qarab faol kurtaklar va yashirin kurtaklarga ajratiladi. Yashirin kurtaklar daraxtsi- mon o‘simliklarda ko‘p uchraydi. Qo‘shimcha kurtaklar ildizda, poyada hosil bo‘ladi.
Кelib chiqishiga ko‘ra: vegetativ kurtaklar. Gul hosil qiluvchi kurtaklar. Aralash kurtaklarga bo‘linadi.
Vegetativ kurtaklardan novda, gul hosil qiluvchi kurtaklardan - gul, aralash kurtaklardan bargli to‘pgul hosil bo‘ladi.
Кurtaklarning shakli va o‘lchami har xil bo‘lib, ular yumaloq, konussimon, tuxumsimon, uchi qir- rali va uchi qirrasiz bo‘lishi mumkin
Кurtakni novdada joylanishi quyidagi turlarga bo‘linadi.
1. Navbat bilan - spiral, 2. Qarama - qarshi. 3. Xalqasimon shaklda. Qarama - qarshi joylanish siren, pista, yalpiz kabi o‘simliklarda kuzatiladi.

Download 101.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling