O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
Download 101.82 Kb.
|
O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi-конвертирован
- Bu sahifa navigatsiya:
- Viruslar bo‘limi - Virophyta.
- Bakteriyalar.
Tuban o‘simliklar. Tuban o‘simliklar kelib chiqishi jihatidan sodda tuzilgan organizmlar bo‘lib, ularning tanasi organ (ildiz, poya, barg) larga ajralmagan va haqiqiy to‘qimalari bo‘lmaydi. Ularning tanasi kattana yoki tallom deb ataladi. Hozir 200 mingdan ortiq turi aniqlangan (ko‘pi suvda). Shundan 3000 dan ortiq tur va shakllari O‘zbekistonda tarqalgan.
Ayrim tuban o‘simlik vakillarida (shilimshiq zamburug‘lar, zamburug‘lar, bakteriyalar) xlorofil bo‘lmaganligi sababli, ular karbonat angidridni mustaqil o‘zlashtira olmaydi. Natijada tayyor organik moddalar hisobiga oziqlanadi. Bularni geterotrof deyiladi. Bu organizmlarning ba’zi vakillari o‘simlik va hayvon qoldiqlari, ya’ni chirindilar hisobiga yashaydi. Oziqlanish usulining bu turiga kiradigan o‘simliklarni saprofit organizmlar deb yuritiladi. Yana ayrimlari esa tirik o‘simlik yoki hayvonlar hisobiga yashaydi. Ular parazit organizmlar deyiladi. Tuban o‘simliklardan suv o‘tlari va lishayniklar avtotrof yo‘l bilan oziqlanadi. Viruslar bo‘limi - Virophyta. Viruslar (yunoncha - Virus - zahar) - bular yuqumli kasalliklarga sabab bo‘ladigan ultramikroskopik tanachalardir. Ular tirik organimzlarda ko‘p uchraydi. Ular tayoqcha, shar, ipsimon, bukilgan shakillarda bo‘ladi. Ularning o‘rtacha kattaligi 450-500 nm (nonometrdan) iborat. Faglar (yunoncha phagus - yutuvchi, yemiruvchi) mikroorganizmlarni yemiruvchi viruslardir, ular suv, tuproq va boshqa muhitlarda uchraydi. Rikketsiyalar - bular ham mikroorganizmlar. Odam va hayvon organizimida yashaydi, tif kasalliginini qo‘zg‘aydi. Bakteriyalar. Bular juda mayda o‘simlik organizmlari bo‘lib, ularni mikroskopda juda katta- lashtirib ko‘rish mumkin. Bular - geterotrof, oziqlanuvchi, xlorofilsiz organizmlar bo‘lib, o‘simliklar olamida alohida o‘rin tutadi. Ular har qanday yashash sharoitiga ham moslasha oladi, shuning uchun yer sharini hamma joyida uchraydi. Bakteriyalar hujayrasining shakli har xil bo‘ladi. Sharsimon - kokki, to‘g‘ri ta yoqchasimon - basilla, egik tayoqchasimon (vergul shaklida) - vebrion, spiralsimon - spirilla. Bir hujayrali bakteriyalaridan tashqari koloniya bo‘lib, yashovchi bakteriyalar ham bo‘lib, ular alohida hujayralar, kokklar yig‘indisidan iboratdir. Ona hujayra bo‘linganidan keyin, tarqab ketmay juft - juft bo‘lib birikib qoladi. Bu qo‘shaloq shakillar diplokokklar deyiladi. Bir tomonga bo‘linishdan hujayra zanjirlari hosil bo‘ladi. Bularni strep- tokokklar deyiladi. Ba’zi vaqtda hujayraning ko‘p marta bo‘linishidan hujayra to‘dasi hosil bo‘lib, ular uzum boshiga o‘xshaydi va stofilokokklar deyiladi. Ba’zan kokklar uchta o‘zaro kesishadigan tekisliklarda ko‘payib, bog‘lanib qoyilgan tovar toylari singari shaklga kiradi. Bu to‘dalar sarsina deyiladi. Ular aerob - kislorodli, anaerob - kislorodsiz sha- roitda yashay oladi. Qishda shahar havosida 1 m3 da 4,5 minggacha, yozda 10-25 minggacha bakteriya- lar bo‘lishi aniqlangan. Bakteriyalar har 20-30 minutda bo‘linib turadi. Shu bo‘linishda 1 sutkada 636 mln. dona hosil bo‘lib, 33 m-ni tashkil qiladi. Sharoit 3 kun saqlansa yer shari ekvator chizig‘ini 14 marta o‘rash uchun yetarli bo‘lar ekan. Botulin toksini (zahari) bakteriyalar ishtirokida (go‘sht) baliq, konserva mahsulotlarini aynishi natijasida hosil bo‘ladi. 1 g moddasi 60 mlyard sichqonni (1200000 T.tirik vazn) zaharlashga yetadi. Savollar: O‘simliklar sistematikasining vazifasi nimalardan iborat? O‘simliklar sistematikasi qanday usullardan foydalanadi? Linney binar nomenklaturasining mohiyati? Filogentik sistema deganda nimani tushunasiz? Viruslar qanday organizmlar? Bakteriyalar va ularning ahamiyati nimalardan iborat? Download 101.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling