O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi


Qo‘ng‘ir suvo‘tlar - Phaeophyta Q


Download 101.82 Kb.
bet36/57
Sana20.12.2022
Hajmi101.82 Kb.
#1035466
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi-конвертирован

Qo‘ng‘ir suvo‘tlar - Phaeophyta Qo‘ng‘ir suvo‘tlar vakillari sovuq va mo‘tadil iqlimdagi dengizlarda yashaydi. Xromotoforida xlorofildan tashqari, qo‘ng‘ir rangli alohida pigment fikoksantin bo‘lib, ularni o‘ziga xos rangga kiritadi.
Qo‘ng‘ir suvo‘tlar koloniya bo‘lib yashaydigan ko‘p hujayrali organizmlardir. Bu sinf ba’zi vakil- larining hujayrasida qismlarga ajralish kuzatiladi. Bu hujayralar har xil to‘qimalar hosil qiladi. hamda
tallomni morfoloigk jihatdan barg va poyasimon organlarga ajratadi. Hujayralarning po‘sti sellulozadan iborat, ba’zan pektin modda shimilgan bo‘lib, shilimshiqlanish xususiyatiga ega. Bular sporalar va jinsiiy yo‘l bilan ko‘payadi. Ayrim vakillari is'temol qilinadi, ba’zilaridai kaliyli tuzlar, yod, aseton, spirt, sirka kislota va hokazolar olinadi.
Qizil suvo‘tlar - Rhodophyta. Qizil suvo‘tlar ham dengiz va okeanlarda yashaydi. Bularning tashqi ko‘rinishi va tuzilishi juda xilma - xil. Ipsimon, tup yoki plastinkasimon shakldagilari uchraydi, ba’zan ular poya va bargga bo‘linadi. Hujayrasining po‘sti sellyuloza yoki pektindan iborat. Hujayrasi ichida bitta yoki bir nechta yadro va plastinkasimon yoki yulduzchasimon xromotofor bo‘ladi. Qizil suvo‘tlar xromotoforida qizil rangli alohida pigment - fikoeritrin bo‘lganligi uchun ular shunday nom bilan ataladi.
Qizil suvo‘tlar sporalar va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Ularda ham jinssiz va jinsiy nasl gallanadi.

    1. Suvo‘tlari suv, tuproq, taqir yerlar va qoyalarda, qor hamda muz tog‘larida, daraxt po‘stloqlarida o‘sadi. Suvo‘tlaridan nihoyatda ko‘p biomassa hosil bo‘ladi. Suvda hech narsaga birikmasdan yumaloq holda o‘sadigan plankton suvo‘tlar hayvonlarning oziqlanishida ahamiyati katta. Suvo‘tlarning turlari- ga qarab, suvlarning iflos va tozalik darajasi aniqlanadi. Suvo‘tlarning biomassasi 1 m3 suvda 6 - 14 gr dan 34 kg gacha bo‘lishi mumkin. Insonlar suvo‘tlardan oziq- ovqat, yem- xashak sifatida, dehqonchilikda o‘g‘it o‘rnida foydalanadilar. Suvo‘tlarida moy kam bo‘lsa ham, oqsil, uglevod va vit- aminlar ko‘p bo‘ladi, sanoat uchun xom ashyo hisoblanadi. Кlodofora yashil suvo‘tidan sifatli qog‘oz va kartonlar tayyorlanadi. Кo‘pgina suv o‘tlaridan yod, brom olinadi. Suvo‘tlarni quruq haydab, ko‘mir smola, kreozid, yog‘och spirti, atseton olish mumkin. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarining ba’zilaridan algin kislotasi olinadi. Algin kislotasi esa to‘qimachilik va hokazo sanoatlarida (gazlama va qog‘ozga ishlov berishda) shuningdek, plastmassa sanoatida ishlatiladi. Sapropel - chirindi qoldiqlaridan iborat organik loyqa (Sibirda ko‘p tarqalgan). U chorvachilikda oziq- ovqat sifatida ishlatiladi. Uni quruq haydash natijasida smola, koks olinadi. Bulardan o‘z navbatida benzin, kerosin, og‘ir moy, lak, organik kislotalar, ammiak olsa bo‘ladi.

Savollar:

  1. Qanday organizmlar suvo‘tlar deyiladi?

  2. Ossillatoriya suvo‘ti nima bilan harakterlanadi?

  3. Diatom suvo‘tlar nima bilan farqlanadi?

  4. Suvo‘tlar qayerlarda hayot kechiradi?

  5. Suvo‘tlarning ahamiyati nimalardan iborat?




  1. Download 101.82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling