O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
CO16 + 12H O18 ——— C H O + 6O18 + 6H O
Download 101.82 Kb.
|
O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi-конвертирован
- Bu sahifa navigatsiya:
- C 6 H 12 O 6 + O 2 = 6CO 2 + 6H 2 O 674 kkal.
- 5-MAVZU: O‘SIMLIКLARNING TO‘QIMALARI
YORUG‘LIК
6 CO16 + 12H O18 ——— C H O + 6O18 + 6H O2 2 XLOROFILL 6 12 6 2 2 Yer sharidagi o‘simliklar fotosintez natijasida har yili 120 milliard tonna organik modda hosil qi- ladi (buning ko‘prog‘i dengiz va okean o‘simliklariga to‘g‘ri keladi), bu jarayonda 200 milliard tonna SO2 qabul qilinib, havoga 145 milliard tonnaga yaqin yaqin erkin kislorod ajratiladi. O‘simliklarda nafas olish jarayoni ham o‘tadi. Nafas olish jarayonida ajralib chiqqan energiya en- dodermik reaksiyalar uchun, ya’ni o‘sish, harakatlanish, rivojlanish va shu kabi hayotiy bosqichlar uchun sarf bo‘ladi. Nafas olish quyidagi umumiy formula bilan ifodalanadi. C6 H12O6 + O2 = 6CO2 + 6H2O 674 kkal.Bu jarayon boshqacha dissimilyatsiya deb ham ataladi. Savollar: Yadroning vazifasi va tarkibi Yadro membranaining tuzilishi Genlarning tarkibi va vazifasi Hujayra necha xil usulda bo‘linib ko‘payadi. Fotosintez va dissimilyasiya jarayoni deganda nimani tushunasiz. 5-MAVZU: O‘SIMLIКLARNING TO‘QIMALARIReja: To‘qima haqida tushuncha. To‘qimalarning klassifikatsiyasi. To‘qimalarning bajaradigan vazifalari va xillari. Adabiyotlar: 1, 2, 3.O‘simliklarning tanasi har xil to‘qimalardan tashkil topgan bo‘ladi. Shakli jihatidan o‘xshash bo‘lgan bir yoki bir necha xil vazifani bajaradigan hujayralar guruhiga to‘qima deyiladi. To‘qimalar shakliga ko‘ra 2 xil bo‘ladi. Parenximatik va prozenximatik. Parenximatik hujayralardan tashkil topgan to‘qimalar, parenximatik to‘qimalar, prozenximatik hujayralardan tashkil topgan to‘qimalar, prozenxi- matik to‘qimalar deyiladi. 2.To‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra 2 ta katta guruhga bo‘linadi. Embrional- hosil qiluvchi to‘qimalar. 2.Doimiy to‘qimalar. Hosil qiluvchi to‘qimalarni hujayrasini yadrosi yirik, tez- tez bo‘linish xususiyatiga ega bo‘ladi. Hosil qiluvchi to‘qimadan vujudga kelgan hujayralar avval o‘sadi, sungra ma’lum shaklga kirib, doimiy to‘qimani hosil qiladi. Bu to‘qima keyinchalik yashay beradi va kam o‘zgaradi yoki nobud bo‘ladi. Hosil qiluvchi to‘qimani o‘zi kelib chiqishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi. Birlamchi hosil qiluvchi to‘qima- prokambiy Ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qima- kambiy Prokambiy to‘qimasi o‘simlik organlarining o‘sish nuqtalarida ildizning va poyaning uchida, ya’ni o‘sish konusida bo‘ladi. O‘sish konusidagi hujayralarning bo‘linishi hisobiga ildiz va poya bo‘yiga o‘sadi. Birlamchi hosil qiluvchi to‘qima (meristema) o‘sish konusining eng uchida joylashgan bitta dastlabki hujayraning ketma- ket bo‘linishi natijasida rivojlanadi. Кeyinchalik bu hujayradan kelib chi- qishga ko‘ra birlamchi hisoblangan har xil to‘qimalar ajraladi. Birlamchi meristemadan cho‘ziq va in- gichka hujayralar guruhi ham ajralib chiqa boshlaydi va ular o‘sish konusidan birmuncha pastda joy- lashadi. Har tomonga qarab zo‘r berib bo‘linish xususiyatiga ega bo‘lgan hujayraning bu guruhi pro- kambiy deb ataladi Prokambiy hujayraning zo‘r berib bo‘linishi natijasida keyinchalik o‘tkazuvchi va maxanik funksiyani bajaruvchi ikkita doimiy to‘qima, birlamchi yog‘ochlik, ya’ni ksilema va birlamchi lub, ya’ni floema hosil bo‘ladi. Prokambiy to‘qimasi asosan bir pallali o‘simliklarda uchraydi. Birlamchi yog‘ochlik va birlamchi lubni hosil qilgandan keyin bir pallali o‘simliklarda o‘zi yo‘q bo‘lib kyetadi. Ikki pallali o‘simliklarda esa yoshlik vaqtida bo‘ladi. Birlamchi yog‘ochlikni va birlamchi lubni hosil qilib o‘zi yo‘qola boradi. Yo‘qolib borayotgan bir qism prokambiy hujayralarini qayta bo‘linib ko‘payishidan kambiy to‘qimasi vujudga keladi. Кambiy to‘qimasi hosil qilishda davom yetadi va chetga tomon ikkilamchi lub, markazga tomon ikkilamchi yog‘ochlik qatlanaveradi. Natijada ikki pallali o‘simliklarni o‘q organlari o‘sib, yo‘g‘onlashaveradi. Yillik xalqalar kambiy to‘qimasining faoliyati tufayli, vujudga keladi. Alo- hida qoplovchi to‘qima- po‘kak hosil qiluvchi po‘kak kambiy ham ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimaga kiradi. Hosil qiluvchi to‘qimalar o‘simliklar hayotida muhim rol o‘ynaydi, chunki ularning ishtirokisiz o‘simliklar o‘smaydi va yangi organlar hosil qilmaydi. Hosil qiluvchi to‘qimalar o‘simliklarda joylashgan o‘rniga ko‘ra 4 xil bo‘ladi. 1). Tepa- apikal meristema. 2). Interkalyar meristema. 3).Yon meristema. 4). Yara meristemalari. Doimiy to‘qimalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra 5 xil bo‘ladi. 1).Qoplovchi. 2). Asosiy. 3). Maxanik. 4). O‘tkazuvchi. 5). Ajratuvchi to‘qimalar. Qoplovchi to‘qimaning vazifasi o‘simliklar tanasini eng tashqi tomondan qoplab turib, ularni tabi- atning noqulay omillari ta’siridan asrash, hamda zararli mikroorganizmlarni ularning ichki qismlariga kirishdan saqlash. Qoplovchi to‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra 3 xil bo‘ladi. 1. Birlamchi qoplovchi to‘qima- epiderma. 2.Ikkilamchi qoplovchi to‘qima- periderma. 3.Kochma qobiq. Epiderma bir pallali o‘simliklar hamda yosh novdalarida uchraydi. Periderma esa ikki pallali o‘simliklarga xos bo‘ladi. Asosiy to‘qimalarning vazifasi o‘zida oziqa to‘plash va o‘simliklarni oziqlantirishdan iborat. Aso- siy to‘qimalar o‘simliklarda joylashgan o‘rniga va bajaradigan vazifasiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi: Xlorenxima, so‘ruvchi, g‘amlovchi, suv g‘amlovchi va aerenxima. Maxanik to‘qimaning vazifasi o‘simliklarga mustahkamlik berishdan iborat. Maxanik to‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra 3 xil bo‘ladi, a) kollenxima, b)sklerenxima, v)sklereid- toshsimon hujayralar. Кollenxima maxanik to‘qimasi parenximali tirik hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, ikki pallali o‘simliklarga xos bo‘ladi. Sklerenxima maxanik to‘qimasi esa prozenximali o‘lik hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, bir pallali o‘simliklarga xos bo‘ladi. Sklereid maxanik to‘qimasi qattiq toshsimon hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, ularni hujayrasi- ning po‘sti o‘ziga qumtuproq moddasini singdirgan bo‘ladi. Masalan: shaftoli, o‘rik, olcha, gilos danaklari va qamish barglari. O‘tkazuvchi to‘qimaning vazifasi o‘zidan suv va oziqani o‘tkazishdan iborat. Ya’ni ildiz orqali shimib olgan suv va unda erigan mineral moddalarni barggacha (ko‘tariluvchi oqim), bargda hosil bo‘lgan fotosintez mahsulotalrini ildizgacha (tushuvchi oqim) o‘tkazib boradi. Bu vazifani har xil shakldagi o‘tkazuvchi naylar, traxeidlar, traxeyalar hamda elaksimon (to‘rsimon) nay va yo‘ldosh hu- jayralar bajaradi. Bular o‘simliklarda bitta bo‘lmasdan bir nechta bo‘ladi va o‘tkazuvchi bog‘lamlarni hosil qiladi. O‘tkazuvchi bog‘lamlar kelib chiqishiga ko‘ra ochiq- tugallanmagan va yopiq- tugallangan bog‘lamlarga ajratiladi. Savollar: To‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi? Hosil qiluvchi va qoplovchi to‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi? Кollenxima maxanik to‘qimasi qaysi o‘simliklarda uchraydi? O‘tkazuvchi to‘qima qanday vazifani bajaradi? O‘tkazuvchi bog‘lam deganda nimani tushunasiz va ular floema va ksilemani joylashishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi? O‘tkazuvchi bog‘lamlar kelib chiqishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi? Download 101.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling