11
Iqtisodiy tahlilning metodologik asoslarini ifodalovchi kategoriyalar quyidagilardir:
induksiya va deduksiya, makon va zamon,analiz va sintez,shakl va mazmun,sabab va
oqibat,miqdor va sifat.
“Olam va odam”
tizimida dunyoni anglash, sub‟yekt va ob‟yektlar orasidagi
munosabatlar dialektikasi “Bilish nazariyasi” orqali namoyon bo‟ladi. Bilish nazariyasi
orqali jamiyatda sodir bo‟lgan va bo‟layotgan hodisa va jarayonlarning o‟zaro aloqasi
va bog‟liqligi, harakati va o‟zgarishi o‟rganiladi, baho beriladi
hamda ular orasidagi
qonuniyatlar ochilib, xulosalar chiqariladi. Bilish nazariyasi barcha fanlar uchun ham
nazariy, ham uslubiy asos bo‟lib xizmat qiladi.
3.2. Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan omillar
Xo‟jalik faoliyatida sodir bo‟lgan va bo‟layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar o‟z-
o‟zidan sodir bo‟lmaydi, ular qandaydir omillar ta‟siri ostida yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: