O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Omillar deganda nima tushuniladi?


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/92
Sana12.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1699760
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92
Bog'liq
@uz baza iqtisodiy tahlil va audit

Omillar deganda nima tushuniladi? Omillar deganda natijaning paydo bo‟lishi va 
uning o‟zgarishiga sababchi bo‟luvchi iqtisodiy ko‟rsatkichlar majmuasi 
tushuniladi.Masalan,ishlab chiqarilgan paxta yalpi hosilining o‟zgarishi bevosita paxta 
maydoni bilan hosildorligining o‟zgarishiga bog‟liq bo‟ladi. Demak., paxta maydoni 
bilan hosildorligik omillar bo‟lib hisoblanadi.
Omillar o‟z navbatida miqdoriy va sifatiy omillarga bo‟linadi. 
Miqdoriy omillar deganda ekstensiv omillar tushuniladi.
Sifatiy omillar deganda intensiv omillar tushuniladi. 
Ekstensiv omillar deganda natija o‟zgarishiga ta‟sir qiluvchi miqdoriy omillar 
tushuniladi.Bularga quyidagilarni misol qilib ko‟rsatish mumkin: ekin maydonining 
o‟zgarishi,chorva mollari sonining o‟zgarishi, xodimlar sonining o‟zgarishi va 
hakozolar. 
Intensiv omillar deganda natija o‟zgarishiga ta‟sir qiluvchi sifat omillari 
tushuniladi. Bularga quyidagi ko‟rsatkichlarni misol qilib ko‟rsatish mumkin: 
hosildorlik,mahsuldorlik,mehnat unimdorligi, fond qaytimining o‟zgarishi va boshqalar. 
3.3. Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan an’anaviy usullar
Korxonalar faoliyatida sodir bo‟lgan va bo‟layotgan jarayonlar va ularning 
natijalarini o‟rganishda birinchi navbatda, iqtisodiy-statistik usullar keng qo‟llaniladi. 
Ushbu bo‟limda shularning asosiylaridan bo‟lgan «Ko‟rsatkichlar farki» va «Zanjirli 
boglanish» usullarini mazmuniga to‟xtalamiz
Ko’rsatkichlar farqi usuli. Bu usul hodisa va jarayonlar orasidagi bog‟liqlik
funksional bo‟lgan tag‟dirda qo‟laniladi. Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki
natija ko‟rsatkichining o‟zgarishiga omillar ta‟sirini aniqlash uchun ta‟siri
aniqlanayotgan omillar orasidagi farqni qolgan omillarning miqdoriga ko‟paytirish 
kerak. Iqtisodiy hodisaning o‟zgarishiga ta‟sir qiluvchi omillarni o‟z navbatida
miqdoriy va sifatiy omillarga bo‟lib o‟rganiladi 
Natijaning o‟zgarishiga miqdoriy omilning ta‟sirini aniqlash uchun hisobot davridagi
miqdoriy omil bilan bazis davridagi (yoki rejalashtirilgan) miqdoriy omil orasidagi
farqni bazis davridagi (yoki rejadagi) sifatiy omilga ko‟paytiriladi. Masalan, ish haqi
fondining o‟zgarishiga xodimlar soni o‟zgarishining ta‟sirini aniqlashni misol qilib 
ko‟rsatish mumkin: 𝐓
𝟏
− 𝐓
𝟎
𝐏
𝟎
= ±∆
𝐓

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling