O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/92
Sana12.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1699760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
@uz baza iqtisodiy tahlil va audit

shakllanish davri. Bu davrda Samarqand kooperativ institutining olimlari tomonidan
darslik va o‟quv qullanmalar yaratildi. 1970 yilda I.T.Abdukarimov,B.A.Zaleskiy va 
I.N.Toporovskiylar tomonidan Moskvaning”Ekonomika” nashriyotida “Matlubot 
kooperasiyasi korxona va tashkilotlari xo‟jalik faoliyatini tahlil qilish bo‟yicha 
masalalar to‟plami” o‟quv qo‟llanmasi , I.T.Abdukarimovning 1971 yilda “Kooperativ 



savdoda chakana tovar oboroti tahlili” o‟quv qo‟llanmasi va1973 yilda “Kooperativ 
savdoda foyda va rentabellik tahlili” nomli monografiyasi Moskvaning”Ekonomika” 
nashriyotida chop etildi. Ushbu ishlarning chop etilishi O‟zbekistonlik olimlarning 
sobiq ittifoqda tan olinganligidan dalolat beradi. Xullas, O‟zbekistonda iqtisodiy tahlil 
maktabi shakllandi. 
 3 – davr - iqtisodiy tahlil maktabining yaratilishi davri. Bu davrda Toshkentlik
Samarqandlik va boshqa xududlik olimlar tomonidan darslik va o‟quv qo‟llanmalar, 
risolalar va ko‟plagan ilmiy maqolalar yaratilaboshlandi. Bu davrga kelib, Toshkentlik 
olimlardan Yo.Abdullayev, F.A.,Maxmudov, O. Ibragimov, A.T.Xasanov, 
B.Shoalimov va boshqalar iqtisodiy tahlil fanining rivojlanishiga katta hissa 
qo‟shdilar.Samarqandlik olimlar ham o‟z ananalarini davom ettirib, sermahsul ijod 
qildilar. I.T.Abdukarimov,M.Q.Pardayev va A.A. Abdiyevlar”Xo‟jalik faoliyatining 
tahlili”ga bag‟ishlangan to‟rt tomlik albom yaratdilar. I.T.Abdukarimovning 1984 
yilda “Matlubot kooperasiyasi xo‟jalik faoliyatini tahlil qilish” nomli darsligi 
Moskvaning”Ekonomika” nashriyotida chop etildi.Bu darslik ittifoqdagi barcha 
kooperativ institutlarga tavsiya qilindi. Bu darslik qayta ishlanib,1989 yilda yangidan 
nashr qilindi. 
4 – davr – Iqtisodiy tahlilning o’zbek tilida yozilish va vujudga kelish davri. Bu 
davrda Iqtisodiy tahlilning turli qirralariga bag‟ishlangan o‟zbek tilidagi asarlar 
Toshkentlik, Samarqandlik va boshqa xududlarning iqtisodchi olimlari tomonidan
yaratila boshlandi. Bunga misol qilib, I.T.Abdukarimov,M.Q.Pardayev va A.A. 
Abdiyev va V. I.Abdukarimovlar tomonidan “Matlubot kooperasiyasi xo‟jalik 
faoliyatini tahlil qilish”nomli o‟zbek tilida chop qilingan darsligini, 1990 yilda
Samarqand qishloq xo‟jalik instituti dosenti T. Qudratovning “O‟simlikchilik va 
chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligining iqtisodiy-statistik tahlili” 
nomli o‟quv qo‟llanmasini ko‟rsatish mumkin. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling