7
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‟jalik yurituvchi sub‟yekt o‟z faoliyatini o‟zi
mustaqil ravishda erkin boshqaradi . Bu esa , o‟z navbatida
iqtisodiy tahlilning rolini
keskin oshiradi .
Iqtisodiy tahlil orqali har bir xo‟jalik yurituvchi sub‟yektning ta‟minot, ishlab
chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyatlarida mavjud bo‟lgan
ichki va tashqi
imkoniyatlar aniklanadi va ularni amaliyotga jalb qilish bo‟yicha
chora-tadbirlar ishlab
chiqiladi. Bular ishlab chiqarishni yanada rivojlanishi
va uning samaradorligini
oshishiga olib keladi.
Boshqaruv jarayonida boshqaruv qarorlarini qabul qilish o‟ta muhim chora bo‟lib
hisoblanadi. Qabul qilingan qaror boshqaruv jarayonining asosidir. Buni amalga
oshirish uchun o‟rganilayotgan ob‟yektga kompleks yondoshilib, kamchilik va
nuqsonlarni tugatish uchun eng maqbul chora-tadbirlar belgilanadi. Mazkur ishlar
bevosita iqtisodiy tahlil orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: