O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi
Aulitorlik tashkilotlarining huquqlari,majburiyatlari va javobgarliklari
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
@uz baza iqtisodiy tahlil va audit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Auditorlik tashkilotining majburiyatlari
16.3.Aulitorlik tashkilotlarining huquqlari,majburiyatlari va javobgarliklari
«Auditorlik faoliyati to‟g‟risida»gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga ega: 1.Auditorlik tekshiruvi o‟tkazish to‟g‟risida qaror qabul qilish uchun xo‟jalik yurituvchi sub‟yektning ta‟sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish; 2.Auditorlik tekshiruvi o‟tkazilayotganda xo‟jalik yurituvchi sub‟yekdan xo‟jalik faoliyati bilan bog‟liq bo‟lgan hujjatlarni to‟liq hajmda olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini tekshirish; 3.Auditorlik tekshiruvini o‟tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo‟yicha xo‟jalik yurituvchi sub‟yektning moddiy javobgar shaxslaridan og‟zaki va yozma tushuntirishlar olish; 4.Ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo‟lgan malumotlar xo‟jalik yurituvchi sub‟yekt tomonidan tag‟dim etilmagan tag‟dirda auditorlik tekshiruvi o‟tkazishdan bosh tortish; 5.Auditorlik tekshiruvini o‟tkazishda ishtirok etishga auditorlar va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish. Auditorlik tashkilotining majburiyatlari «Auditorlik faoliyati to‟g‟risida»gi Qonunning 7-moddasida aks ettirilgan. Bular quyidagilardir: 1.Auditorlik tekshiruvi ni amalga oshirayotganda ushbu Qonunning hamda boshqa qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi; 2.Auditorlik tekshiruvi o‟tkazishga doir shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachining talabiga binoan auditorlik faoliyatini audit qilish huquqini beruvchi tegishli lisenziyani,auditorning malaka sertifikatini taqdim etishi; 3.Xo‟jalik yurituvchi sub‟yektning so‟roviga binoan auditorlik tekshiruvini o‟tkazish bo‟yicha qonun hujjatlarining talablari to‟g‟risidagi, auditorning e‟tirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari to‟g‟risidagi axborotlarni tag‟dim etishi; 4.Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi; 5.Auditorlik hisobotida xo‟jalik operasiyalarining qonuniyligi buzilishi faktlarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishi; 64 6.Xo‟jalik yurituvchi sub‟yektga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari zarar yetkazganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan tag‟dirda, bu haqda xo‟jalik yurituvchi sub‟yektning rahbariyatiga (mulkdoriga) ma‟lum qilishi. 7. Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini ma‟lum qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashchilarning umumiy yig‟ilishi chaqirilishini talab qilishi Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling