O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


 Auditorlik dalillarning turlari va ularga qo’yiladigan


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/92
Sana12.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1699760
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92
Bog'liq
@uz baza iqtisodiy tahlil va audit

18.3. Auditorlik dalillarning turlari va ularga qo’yiladigan
talablar. 
Auditorlik dalillar. Auditorlik dalillar deganda auditorlik tashkiloti tomonidan 
tekshiruvlar vaqtida aniqlanib to‟plangan va auditorlik xulosasini to‟g‟riligini 
isbotlovchi axborotlar tushuniladi Auditorlik dalillar auditorlik tekshiruvi jarayonida
korxona va uchinchi shaxslardan olingan axborotlar hamda ularni tahlil qilish natijalari 
bo‟lib,moliyaviy hisobotning ishonchligi to‟g‟risidagi auditorlik xulosasini tuzish
imkonini beradigan axborotlar bo‟lib hisoblanadi. 
Auditorlik dalillarning turlari. Auditorlik dalillar turi, manbai va olinish usullari 
bo‟yicha turkumlanadi.
Auditorlik dalillar turi bo‟yicha yozma va og‟zaki dalillarga bo‟linadi.Yozma dalillar 
hujjatlar va tushuntirish xatlari orqali tasdiqlanadi. 
Auditorlik dalillar manbai bo‟yicha ichki ,tashqi va aralash dalillarga bo‟linadi. 
Ichki auditorlik dalillar xo‟jalik yurituvchi sub‟yektdan yozma yoki og‟zaki olingan 
ma‟lumotlarni o‟z ichiga oladi. Tashqi dalillarga uchinchi tomonlardan yozma 
shaklda (odatda yozma so‟rov bo‟yicha) olingan ma‟lumotlar kiradi.Aralash dalillarga 
xo‟jalik yurituvchi sub‟yektdan yozma yoki og‟zaki ko‟rinishda olingan va uchinchi 
tomondan yozma ko‟rinishda olingan ma‟lumotlar kiradi 
Auditorlik dalillar olinish usuli bo‟yicha quyidagilarga bo‟linadi: 
1.Faktlarni tasdiqlash yo‟li bilan olingan dalillar; 
2.Hujjatashtirilgan faktlarni aniqlash yo‟li bilan olingan dalillar; 
3.Maxsus o‟tkazilgan tahlil natijasida olingan dalillar 
Agar auditor xo‟jalikning hisobotini o‟rganish va xodimlar bilan suhbat o‟tkazish 
natijasida,hisobot to‟g‟ri va ishonchli birlamchi ma‟lumotlar asosida tuzilganligiga 


72 
mutlaqa ishonch hosil qilsa, u dastlabki hujjatlar va hisob registrlarini tanlab tekshirish 
o‟tkazishi mumkin. 
Tanlab tekshirish ikki turli bo‟lishi mumkin: 
1. Mos kelishni tanlab tekshirish; 
2. Mohiyatan tanlab tekshirish. 
Mos kelishni tanlab tekshirishning asosiy vazifasi bo‟lib,tekshiriladigan hisobot 
davri ichida ichki nazorat me‟yorlarining tez-tez buzilib turishini aniqlash hisoblanadi. 
Demak,hisobot davri ichida sodir bo‟lgan jarayon natijalarining belgilangan 
me‟yorlarga mos kelishlik holatini tekshirish mos kelishni tanlab tekshirish deb ataladi. 
Mohiyatan tanlab tekshirish miqdroriy tanlab tekshirish degan manoni anglatadi. 
Ushbu tekshirishning vazifasi ichki nazoratning buzilishini qiymat ifodasida
o‟lchashdan iborat. Bunga buxgalteriya hisobi schyotlarining qoldiqlarini, dastlabki 
hujjatlardagi yozuvlarni tasdiqlash, uchinchi shaxslardan tasdiqlar olish kabilar misol 
bo‟laoladi. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling