O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/92
Sana12.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1699760
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   92
Bog'liq
@uz baza iqtisodiy tahlil va audit

Moliyaviy audit. Moliyaviy audit deganda xo‟jalik yurituvchi sub‟yektlarning 
moliyaviy ko‟rsatkichlarini tekshirish tushuniladi.
Ichki audit. Ichki audit deganda xo‟jaliklar faoliyatini manfaatdorlarning 
buyurtmasiga asosan daxlsiz autitorlar tomonidan tekshirish va asosli xulosalar berish 
tushuniladi.. 
Tashqi audit. Tashqi audit deganda xo‟jaliklar faoliyatini tashqi manfaatdorlarning 
buyurtmasiga asosan tekshirish va ekspertiza qilish tushuniladi.Tashqi manfaatdor 
buyurtmachilar bo‟lib, asosan davlat boshqaruv organlari, tasischilar, investorlar, 
kreditorlar, soliq organlari hisoblanadi. 
Korxona samaradorligi auditi. Korxona samaradorligi auditi deganda
tabiiy,moddiy,moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini 
aniqlash tushuniladi. 
17.2.Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari. 
Auditorlik tashkilotlari xo‟jalik yurituvchi sub‟yektlarga O‟zbekiston 
Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‟g‟risida»gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq 
quyidagi professional xizmatlarni ko‟rsatishlari mumkin: 
1.Buxgalteriya hisobini yo‟lga qo‟yish, qayta tiklash va yuritish; 
2.Moliyaviy hisobotni tuzish;
3.Milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o‟tkazish; 
4.Xo‟jalik yurituvchi sub‟yektlarning xo‟jalik faoliyatini tahlil qilish; 
5.Buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menejment va xo‟jalik faoliyatining 
boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmatini tashkil qilish; 
6.Soliqlar va boshqa majburiy to‟lovlar bo‟yicha hisob-kitoblar va deklarasiyalarni 
tuzish; 
7.Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda tutilgan 
boshqa professional hizmatlarni ham ko‟rsatishlari mumkin. 
17.3.Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda audit o’tkazishni tashkil etish 
bosqichlari va ularda bajariladigan audit amallari 


68 
Auditning o‟tkazilishi Qonunchilik va milliy standart talablari asosida tashkil 
qilinadi. Auditni o‟tkazishga asos bo‟lib,xo‟jalik yurituvchi sub‟yektning yozma 
buyurtmasi hisoblanadi. Auditorlik tashkiloti buyurtmaning predmeti va obyektlari bilan 
tanishib chiqadi va undan keyin o‟zining roziligini «Yozma- majburiyat» shaklida 
bayon qiladi. Ushbu hujjatda audit o‟tkazish shartlari, tomonlarning majburiyatlari, uni 
o‟tkazish davri va muddati,auditorlik xizmatining qiymatini aniqlash mezonlari kabi 
ma‟lumotlar aks ettirilgan bo‟ladi. Buyurtmachi –korxona hujjatdagi shartlarga rozi 
bo‟lgandan keyin uni auditorlik tashkilotiga qaytarib topshiradi. Shundan so‟ng 
«Auditorlik shartnomasi» tuziladi.Shartnomada auditni o‟tkazish muddati, audit 
predmeti,ob‟yekti,auditda ishtirok etuvchi auditorlar,auditorlik xizmatining 
qiymati,shartnoma shartlarining bajarilish tartibi,auditdagi xatar darajasi ko‟rsatiladi. 
Shartnoma tasdiqlangandan so‟ng autitorlik tashkiloti «Audit o‟tkazish rejasi» va 
«Audit o‟tkazish dasturini» tuzadi. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling