O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Aauditorlik tekshiruvidan o’tkazish ishchi dasturini tuzish


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/92
Sana12.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1699760
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92
Bog'liq
@uz baza iqtisodiy tahlil va audit

18.2.Aauditorlik tekshiruvidan o’tkazish ishchi dasturini tuzish. 
Auditorlik tekshiruvidan o‟tkazish ishchi dasturi auditorlik tashkilotining 
rahbari va auditorlik guruhining rahbari tomonidan tuziladi. 
Ishchi dasturida tekshiriladigan tashkilot nomi, audit davri, sarflanadigan kishi-soatlar 
miqdori, auditorlik guruhining tarkibi, rejalashtiriladigan auditorlik riski, audit 
bo‟limlari bo‟yicha audittorlik amallari ro‟yxati aks ettiriladi. 
Auditorlik tekshiruvidan o‟tkazish ishchi dasturi uch bo‟limdan iborat bo‟ladi: 
1.Buxgalteriya hisobi va ichki audit holati hamda moliyaviy hisobot sifatini baholash; 
2.Korxonaning moliyaviy-xo‟jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‟tkazish; 
3.Kamchiliklarni bartaraf qilish bo‟yicha takliflar va tavsiyalar berish. 
Ish dasturining 1-bo‟limida auditor quyidagi auditorlik amallarning mavjudligi va 
qonuniyligiga e‟tiborni qaratishi kerak: 
1.Ta‟sis hujjatlarining mavjudligi va ustav kapitaliga tegishli bo‟lgan balans 
ma‟lumotlarining haqqoniyligi; 
2.Buxgalteriya hisobi registrlari, aylanma va qoldiq balanslarini tanlab tekshirish; 
3.Xo‟jalik mablag‟lari, debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‟yicha inventarizasiya 
ma‟lumotlarining mavjudligi; 
4.Ilgargi davrlarda auditorlar va soliq inspeksiyasi tomonidan o‟tkazilgan 
tekshiruvlarning dalolatnomalari hamda auditorlik xulosalarining mavjudligini; 
5.Xo‟jalikda ichki auditning tashkil etilish holatini tekshirish
6Hisob va hisobotga oid qonunlar va nizomlarning mavjudligini hamda ularga amal 
qilish ahvolini. 
Ish dasturining 2-bo‟limida korxonaning moliyaviy hisoboti va u bilan bog‟lik 
bo‟lgan barcha jarayonlardagi moliyaviy axborotlarning qonun hujjatlari talablariga mos 


71 
kelish-kelmaslik holatlarini auditorlik tekshiruvidan o‟tkazish ko‟zda tutiladi, ya‟ni 
quyidagilar dasturda aks ettiriladi: 
1.Ta‟sis hujjatlari, xo‟jalikning ichki va tashqi munosabatlarini belgilaydigan 
me‟yoriy hujjatlar mavjudligini tekshirish; 
2.Xususiy kapitalning shakllanishi, kredit resurslarining mavjudligi hamda ishlatilishi 
holatini tekshirish; 
3.Kassa, hisob-kitob schyoti va bankdagi boshqa schyotlarda saqlanayotgan pul 
mablag‟lari va pul hujjatlarini tekshirish; 
4.Uzoq muddatli va joriy aktivlar mavjudligi va holatini tekshirish; 
5.Mehnatga haq to‟lash, hisobdor shaxslar bilan, debitorlar va kreditorlar bilan
byudjet bilan bo‟ladigan hisob-kitoblar holatini o‟rganish; 
6.Xarajatlar, daromad va moliyaviy natijalarning holatini tekshirish. 
Dasturning 3-bo‟limida auditorlik tekshirish natijasida aniqlangan kamchilik va 
nuqsonlarni bartaraf qilish bo‟yicha berilgan maslahatlar va tavsiyalar aks ettiriladi. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling