O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
@uz baza iqtisodiy tahlil va audit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi audit.
- Korxona samaradorligi auditi.
- 17.3.Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda audit o’tkazishni tashkil etish bosqichlari va ularda bajariladigan audit amallari
Moliyaviy audit. Moliyaviy audit deganda xo‟jalik yurituvchi sub‟yektlarning
moliyaviy ko‟rsatkichlarini tekshirish tushuniladi. Ichki audit. Ichki audit deganda xo‟jaliklar faoliyatini manfaatdorlarning buyurtmasiga asosan daxlsiz autitorlar tomonidan tekshirish va asosli xulosalar berish tushuniladi.. Tashqi audit. Tashqi audit deganda xo‟jaliklar faoliyatini tashqi manfaatdorlarning buyurtmasiga asosan tekshirish va ekspertiza qilish tushuniladi.Tashqi manfaatdor buyurtmachilar bo‟lib, asosan davlat boshqaruv organlari, tasischilar, investorlar, kreditorlar, soliq organlari hisoblanadi. Korxona samaradorligi auditi. Korxona samaradorligi auditi deganda tabiiy,moddiy,moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini aniqlash tushuniladi. 17.2.Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari. Auditorlik tashkilotlari xo‟jalik yurituvchi sub‟yektlarga O‟zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‟g‟risida»gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq quyidagi professional xizmatlarni ko‟rsatishlari mumkin: 1.Buxgalteriya hisobini yo‟lga qo‟yish, qayta tiklash va yuritish; 2.Moliyaviy hisobotni tuzish; 3.Milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o‟tkazish; 4.Xo‟jalik yurituvchi sub‟yektlarning xo‟jalik faoliyatini tahlil qilish; 5.Buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menejment va xo‟jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmatini tashkil qilish; 6.Soliqlar va boshqa majburiy to‟lovlar bo‟yicha hisob-kitoblar va deklarasiyalarni tuzish; 7.Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda tutilgan boshqa professional hizmatlarni ham ko‟rsatishlari mumkin. 17.3.Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda audit o’tkazishni tashkil etish bosqichlari va ularda bajariladigan audit amallari 68 Auditning o‟tkazilishi Qonunchilik va milliy standart talablari asosida tashkil qilinadi. Auditni o‟tkazishga asos bo‟lib,xo‟jalik yurituvchi sub‟yektning yozma buyurtmasi hisoblanadi. Auditorlik tashkiloti buyurtmaning predmeti va obyektlari bilan tanishib chiqadi va undan keyin o‟zining roziligini «Yozma- majburiyat» shaklida bayon qiladi. Ushbu hujjatda audit o‟tkazish shartlari, tomonlarning majburiyatlari, uni o‟tkazish davri va muddati,auditorlik xizmatining qiymatini aniqlash mezonlari kabi ma‟lumotlar aks ettirilgan bo‟ladi. Buyurtmachi –korxona hujjatdagi shartlarga rozi bo‟lgandan keyin uni auditorlik tashkilotiga qaytarib topshiradi. Shundan so‟ng «Auditorlik shartnomasi» tuziladi.Shartnomada auditni o‟tkazish muddati, audit predmeti,ob‟yekti,auditda ishtirok etuvchi auditorlar,auditorlik xizmatining qiymati,shartnoma shartlarining bajarilish tartibi,auditdagi xatar darajasi ko‟rsatiladi. Shartnoma tasdiqlangandan so‟ng autitorlik tashkiloti «Audit o‟tkazish rejasi» va «Audit o‟tkazish dasturini» tuzadi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling