O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
@uz baza iqtisodiy tahlil va audit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbus shakllarida o’tkaziladi.
Tayanch iboralar. Majburiy auditorlik tekshiruvi. Tashabbus auditorlik tekshiruvi.
Operasion audit. Moliyaviy audit. Ichki audit .Tashqi audit.Korxona samaradorligi auditi. Auditning daslabki rejasi.Auditning umumiy rejasi.Audit dasturi. Maruzani o’tish metodi. Maruza “Bilaman . Bilishni xohlayman . Bilib oldim “ va aqliy hujum metodlarini qo‟llash orqali o‟tiladi. Asosiy savollar 17.1.Auditorlik tekshiruvining shakllari va turlarilarning mazmun-mohiyati 17.2.Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari. 17.3.Xo‟jalik yurituvchi sub‟yektlarda audit o‟tkazishni tashkil etish bosqichlari va ularda bajariladigan audit amallari Asosiy o’quv materiallari qisqacha bayoni 17.1.Auditorlik tekshiruvining shakllari va turlarilarning mazmun-mohiyati Xo‟jalik yurituvchi sub‟yektlarning faoliyati va uning natijalari auditorlik tekshiruvidan o‟tkazilib turiladi. Auditorlik tekshiruvining ta‟rifi «Auditorlik faoliyati to‟g‟risida»gi Qonunda batafsil bayon qilingan. Qonunning 9-moddasida «Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy hisobot axborotlari to‟g‟riligi va qonun hujjatlariga mos kelishligini aniqlash maqsadida xo‟jalik yurituvchi sub‟yektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog‟liq bo‟lgan moliyaviy axborotlarini auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir» deb qayd qilingan. 66 Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbus shakllarida o’tkaziladi. Bulardan tashqari auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza etuvchi organlarning tashabbusiga ko‟ra ham o‟tkazilishi mumkinligi Qonunda ko‟rsatilgan. Qonunning 10-moddasiga muvofiq quyidagi sub‟yektlar har yili majburiy tekshiruvdan o‟tkaziladi: 1.Aksiyadorlik jamiyatlari; 2.Banklar va boshqa kredit tashkilotlari; 3.Sug‟urta tashkilotlari; 4.Investisiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‟larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning boshqaruv kompaniyalari; 5.Manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo‟lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar; 6.Mablag‟larining hosil bo‟lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo‟lmish byudjetdan tashqari fondlar; 7.Ustav fondida davlatga tegishli ulush bo‟lgan xo‟jalik yurituvchi sub‟yektlar. Majburiy auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bo‟lib, xo‟jalik yurituvchi sub‟yekt hisoblanadi. Majburiy auditorlik tekshiruvini o‟tkazishdan bosh tortish xo‟jalik yurituvchi sub‟yektdan eng kam oylik ish haqining yuz barabaridan besh yuz barabarigacha miqdorda jarima o‟ndirishga, shuningdek uning rahbarini qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortishga sababchi bo‟ladi. Jarimaning to‟lanishi xo‟jalik yurituvchi sub‟yektni majburiy auditorlik tekshiruvidan o‟tishdan ozod qilmaydi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling