O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Aulitorlik tashkilotlarining huquqlari,majburiyatlari va javobgarliklari


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/92
Sana12.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1699760
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92
Bog'liq
@uz baza iqtisodiy tahlil va audit

16.3.Aulitorlik tashkilotlarining huquqlari,majburiyatlari va javobgarliklari 
«Auditorlik faoliyati to‟g‟risida»gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq auditorlik 
tashkiloti quyidagi huquqlarga ega
1.Auditorlik tekshiruvi o‟tkazish to‟g‟risida qaror qabul qilish uchun xo‟jalik 
yurituvchi sub‟yektning ta‟sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot 
hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish; 
2.Auditorlik tekshiruvi o‟tkazilayotganda xo‟jalik yurituvchi sub‟yekdan xo‟jalik 
faoliyati bilan bog‟liq bo‟lgan hujjatlarni to‟liq hajmda olish, shuningdek ushbu 
hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini tekshirish; 
3.Auditorlik tekshiruvini o‟tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo‟yicha 
xo‟jalik yurituvchi sub‟yektning moddiy javobgar shaxslaridan og‟zaki va yozma 
tushuntirishlar olish; 
4.Ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo‟lgan malumotlar xo‟jalik 
yurituvchi sub‟yekt tomonidan tag‟dim etilmagan tag‟dirda auditorlik tekshiruvi 
o‟tkazishdan bosh tortish; 
5.Auditorlik tekshiruvini o‟tkazishda ishtirok etishga auditorlar va boshqa 
mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish. 
Auditorlik tashkilotining majburiyatlari «Auditorlik faoliyati to‟g‟risida»gi 
Qonunning 7-moddasida aks ettirilgan. Bular quyidagilardir: 
1.Auditorlik tekshiruvi ni amalga oshirayotganda ushbu Qonunning hamda boshqa 
qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi
2.Auditorlik tekshiruvi o‟tkazishga doir shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachining 
talabiga binoan auditorlik faoliyatini audit qilish huquqini beruvchi tegishli 
lisenziyani,auditorning malaka sertifikatini taqdim etishi; 
3.Xo‟jalik yurituvchi sub‟yektning so‟roviga binoan auditorlik tekshiruvini o‟tkazish 
bo‟yicha qonun hujjatlarining talablari to‟g‟risidagi, auditorning e‟tirozlari asoslanilgan 
qonun hujjatlarining normalari to‟g‟risidagi axborotlarni tag‟dim etishi; 
4.Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga rioya 
etishi; 
5.Auditorlik hisobotida xo‟jalik operasiyalarining qonuniyligi buzilishi faktlarini 
hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishi; 


64 
6.Xo‟jalik yurituvchi sub‟yektga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari 
zarar yetkazganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan tag‟dirda, bu haqda 
xo‟jalik yurituvchi sub‟yektning rahbariyatiga (mulkdoriga) ma‟lum qilishi. 
7. Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini ma‟lum qilish uchun qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashchilarning umumiy yig‟ilishi chaqirilishini talab 
qilishi

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling