O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Auditorlik tekshiruvining ikkinchi shakli


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/92
Sana12.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1699760
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92
Bog'liq
@uz baza iqtisodiy tahlil va audit

Auditorlik tekshiruvining ikkinchi shakli bo‟lib, tashabbus tarzida o‟tkaziladigan 
tekshiruv hisoblanadi. Ushbu tekshiruvning mazmuni ham yuqorida qayd qilingan 
Qonunda o‟z aksini topgan. Ushbu qonunning 11-moddasida «Tashabbus tarzidagi 
auditorlik tekshiruvi xo‟jalik yurituvchi sub‟yektning yoki boshqa auditorlik tekshiruvi 
buyurtmachilarining qaroriga binoan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda 
o‟tkazilishi mumkin» deb ko‟rsatilgan. Ushbu tekshiruv shakli xo‟jalik yurituvchi 
sub‟yektlarning qaroriga ko‟ra, ikki yoqlama tuzilgan shartnomaga muvofiq o‟tkaziladi. 
Ushbu tekshiruvning predmeti,o‟tkazish muddatlari va boshqa shartlari auditorlik 
tekshiruvining buyurtmachisi bilan auditorlik tashkiloti o‟rtasida tuzilgan shartnomada 
belgilab qo‟yiladi. Ushbu shartnoma auditorlik tashkiloti bilan xo‟jalik yurituvchi 
sub‟yekt o‟rtasidagi munosobatlarni, ularning huquqlarini, majburiyatlarini va 
mas‟uliyatlarini ifoda etuvchi huquqiy yuridik hujjatdir. 
Auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning
tashabbusi bilan ham amalga oshirilishi mumkinBunday tekshiruv Qonunning 15-
moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Auditorlik tekshiruvining turlari quyidagilardan iborat: 


67 
Operasion audit, muvofiqlik auditi, moliyaviy audit, ichki va tashqi audit,korxona 
samaradorligi auditi. 
Operasion audit. Operasion audit deganda boshqaruv masalalari bo‟yicha
korxonaning turli tarkibiy bo‟linmalariga maslahat berish jarayoni tushuniladi. 
Masalan xo‟jalikda marketing ishlarini bohalash, xo‟jalikning tarkibiy tuzilmasini 
bohalash va h.z. 
Muvofiqlik audit. Muvofiqlik auditi deganda korxona bo‟linmalari faoliyati,uning 
mamuriyati va zarur bo‟lganda yuqori organlar tomonidan belgilangan yoki qonun 
hujjatlarida ko‟rsatilgan qoidalarga mos kelishligini tekshirish tushuniladi. 
Masalan,tuzilgan shartnomalarni tekshirish va boha berish va b.q. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling