70
xo‟jalik faoliyatining bayoni,
boshqaruv tizimining bayoni, buxgalteriya hisobining
shakli va tashkiliy tuzilishining tavsifi hamda moliyaviy hisobot ko‟rsatkichlarining
tahlili kabi ma‟lumotlarni o‟z ichiga oladi.
Auditorlik shartnomasi tuzilgandan keyin auditning umumiy rejasi tug‟iladi.
Ushbu
reja auditorlik shartnomasida aks ettirilgan maqsad va qo‟yilgan vazifalarga mos holda
tuziladi. Unda tekshiriladigan xo‟jalikning nomi, audit davri, auditni o‟tkazishga
ketadigan vaqt (kishi-soat hisobida),
auditorlik guruhining rahbari, auditni
bajaruvchilar, tekshirishga mo‟ljalangan ishlar hajmi kabilarning nomi ko‟rsatiladi.
Ushbu reja auditorlik guruhi
rahbari tomonidan tuziladi, imzolanadi va auditorlik
tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Auditni rejalashtirishning uchinchi bosqichi bo‟lib,
audit dasturini tuzish
hisoblanadi. Ushbu dastur auditning umumiy rejasi asosida tuziladi. Ammo dasturda
umumiy rejada ko‟zda tutilgan jarayonlar hajmini ifodalovchi ko‟rsatkichlarga
aniqliqlar
kiritilib, kengaytirilgan holda ular dasturda o‟z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: