73
19-mavzu. Auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi
Dars o’quv maqsadi. Dars o‟quv maqsadi bo‟lib, auditorlik tekshiruvining
natijalarini umumlashtirish va
baholash, auditorlik hisobotining tuzilishi va u uchun
javobgarlik, auditorlik xulosaning tuzilshi va auditorlik xulosa uchun javobgarlikning
mazmun-mohiyatini yoritish va talabalarga ularni o‟rgatish hisoblanadi.
Tayanch iboralar. Dalolatnomalar. Malumotnomalar. Tushuntirish xatlari.
Qaydnomalar. Bildirishnomalar. Auditorlik hisoboti. Auditorlik xulosasi. Ijobiy
auditorlik xulosasi. Salbiy auditorlik xulosasi.
Maruzani o’tish metodi. Maruza “Bilaman . Bilishni xohlayman . Bilib oldim “ va
aqliy hujum metodini qo‟llash orqali o‟tiladi.
Asosiy savollar
19.1.Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholashning mazmuni.
19.2. Auditorlik hisobotining tuzilishi va mazmuni
19.3 Auditorlik xulosaning tuzilshi va mazmuni
Asosiy o’quv materiallarining qisqacha bayoni
19.1.Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditorning asosiy
etibori tekshirilayotgan
ob‟yektning qonun qoidalariga mos kelishi yoki kelmasligini
isbotlashga qaratilgan
bo‟ladi. Shu maqsadda auditor ularni hujjatlar bilan rasmiylashtirib boradi.
Bularga
quyidagi hujjatlarni kiritish mumkin:
dalolatnomalar, ma‟lumotnomalar,
tushuntirish
xatlari, qaydnomalar, bildirishnomalar va boshqalar.
Dalolatnomalar audit o‟tkazilayotgan vaqtda aniqlangan kamchiliklar bo‟yicha
tuziladi.