O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


Download 37.67 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi37.67 Kb.
#1531593
1   2   3   4
Bog'liq
Eshdavlatova Dilfuza Dastur

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Jaxon miqyosida aholining oziq-ovqat xafsizligini ta’minlashda agrar sohaning o’rni va ahamiyati kundan kunga oshib bormoqda. Jumladan, mamlakatimida ham mavjud resrus va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholi qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, xosildorlik va manfaatdorlikni yanada oshirish ,sohaga ilm fan yutuqlari hamda zamonaviy yondoshuvlarni joriy etish dorzarb masaladir.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyov 2020yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo’llangan Murojaatnomasida, kambagallikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini ko’paytirishda eng tez natija beradigan omil bu- qishliq xo’jaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirish ekanligini alohida takidlab o’tdilar.
Bodom issiqsevar, qurg’oqchilikka o’ta chidamli o’simlik bo’lganligi sababli yiliga 500-700 mm dan ziyod yog’ingarchikil bo’ladigan Toshkent, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo vilayatlarining tog’ va tog’oldi qiyaliklarida qadim zamonlardan beri o’sib, hosil berib keladi.Bu yerlardan yangidan bog’ qilingandan tashqari tabiiy o’rmonlarda yovvoyi holda ham o’sadi, va uning oddiy mahalliy, Buxoro, Petunnikov Tikanli kalmikov deb nomlangan navlari bor.
Bodom mag‘zidan yuqori sifatli moy olinadi. Danak po‘chog‘i qaynatmasi ateroskleroz kasalini oldini olishda samaralidir. Bundan tashqari shirin bodom o‘rmon melioratsiyasida ham keng foydalaniladi, eroziyaga uchragan yerlarda bodomzorlar plantatsiya usulida barpo etilmoqda.
Oddiy bodom asosida ko‘plab yirik mevali serhosil, mevalarni sifati, xajmi, va shakliga ko‘ra bir biridan farqlanuvchi turli navlar yaratilgan. Navlari asosan payvand qilish yo‘li bilan ko‘paytiriladi.
Bodom mevalari juda qimmatbaho bo‘lib, undan halq xo‘jaligining ko‘p tarmoqlarida foydalaniladi. Danagi qotmagan xom bodomni shakarga qo‘shib yoki murabbo tayyorlab iste’mol qilish foydalidir. Shirin mag‘izli bodom 40-70% yog‘, 20-25% oqsil, 6% qand moddasiga yega bo‘lib, turli darmondori, organik moddalarga boy bo‘ladi va konditer sanoati uchun qimmatli tabbiy xomashyo xisoblanadi. Kunjarasida 10% gacha moy va ko‘p miqdorda oqsil va uglevodlar bo‘ladi. Achchiq bodom tarkibidagi, oqsil, shakardan tashqari 2-2,5% amigdalin bo‘lib, parfyumeriya sanoatida va meditsinada keng qo‘llaniladi. Bodomning po‘sti gazyuta digan ko‘mir tayyorlashda, vino chilikda vinoga xushbo‘y hid, sifat va ta’m berishda foydalaniladi. Bodom po‘chog‘ining kulida 40% gacha kaliy hosil bo‘ladi va o‘g‘it sifatida foydalaniladi. Bodom yog‘ochi juda qattiq va chiroylidir, shuning uchun duradgorlikda va texnika uchun qimmatli ashyo xisoblanadi.
Bodomning ildiz tizimi 6 metr chuqurlikgacha boradi, qurg‘okchilikka yaxshi chidaydi va tog‘-o‘rmon melioratsiya ishlarida ham muhimrol uynaydi. U qurg‘oqchilikka g‘oyat chidamli bo‘lib, yer tanlamasdan, suvsiz, toshloq va tog‘ning unumsiz janubi yyonbag‘irlarida ham yaxshi o‘saoladi.
Bodom 3-4 yoshidan hosilga kiradi, 12-18 yoshidan 35-40 yilgacha yaxshi hosil beradi. Yaxshi parvarishlansa 60-100 yil yashab hosil berishi mumkin. Bodom ko‘chati kuzda yoki erta bahorda yekiladi. U yor univchanlikka talabchan bo‘lganligi sababli qalinlikni yoqtirmaydi, tarkibida ohagi bo‘lgan soz tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Bir tup daraxtining hosildorligi 3-4 kgdan 10-20 kg gacha yetadi. Ma’lumotlarga qaraganda eng ko‘p hosil qilgan yillari 30-40 kg gacha ham bo‘lgan.
Bodomning bunday xususiyatlari Respublikamizning tog‘ va tog‘oldi lalmikor xududlaridagi davlat va nodavlat xo‘jaliklarini xar tomonlama qo‘llab-kuvvatlash, ishlab chiqarish samaradorligini, iqtisodiy manfaatdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Yangi bodomzorlar barpo qilishda yekiladigan navlarni tanlash muhim ahamiyatga ega. Shirin bodom navlarining hilma hilligi g‘oyat turlidir. Bodomning eng sifatli, istiqbolli, navlari serhosil, mevasi yirik, po‘chog‘i yupqa va mag‘zining miqdori yuqori bo‘ladi.

Download 37.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling