O`zbekiston respublikasi qishloq xo`jaligi vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


Download 0.65 Mb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1538005
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xalqaro strategiya turlari

4 Firma strategiyasi
Firmaning xalqaro strategiyasi uning xalqaro maqsadlari majmuini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan harakatlarning kengaytirilgan tavsifi hisoblanadi. Ko‘pchilik maqsadlar ularni amalga oshirish uchun turli usullarga ruxsat beradi va bu usullar yig‘indisi muqobil strategiyalar to‘plamini tashkil qiladi. Xususan, M. Porterga ko‘ra, bozorda muvaffaqiyatga erishishning zarur sharti raqobatli afzallikning mavjudligi hisoblanadi. U mahsulot ishlab chiqarish yoki differentsiyalashda xarajatlarning kamligidan iborat bo‘lishi mumkin; muayyan afzallikka nisbatan u yoki bu raqobat sohasini tanlash namunaviy marketing strategiyalaridan birini tanlashni anglatadi. Chet ellik hamkorlar bilan birgalikda yangi mahsulot ishlab chiqish qo‘shma korxona tashkil qilish yo‘li bilan yoki tomonlarning har biri bajarilgan ishlar uchun javobgarligi ko‘zda tutiladigan hamkorlik haqida shartnoma asosida bajarilishi mumkin.
Xalqaro menejment nuqtayi nazaridan bozorga chiqariladigan mahsulot xarakterini belgilab beruvchi bazis strategiyani tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bazis strategiyani tanlash
Strategiya A ko‘pincha xarajatlarni tejashga yo‘nalganlik bilan bog‘lanadi va u yuqorida aytib o‘tilgan raqobatli afzallikka erishishning yo‘llaridan biri sifatida foydalanilishi mumkin; V ni tanlash e’tiborni marketing masalalariga jamlaydi, S ni tanlash esa — ilmiy-tadqiqotchilik sohasiga qaratadi; nihoyat, strategiya D yuqori tahdid bilan ajralib turadi, bu uning qo‘llanish ko‘lamini chegaralaydi. Ularni aralashtirish tavsiya etilmaydigan raqobatli afzalliklar olish strategiyalaridan farqli o‘laroq, bu yerda {A > V > S}, {S > D} va h.k.
Ketma-ketlikda belgilangan davr davomida ochiladigan turli variantlarni birgalikda qo‘llashga ruxsat etiladi.
Shuningdek, firma umumiy strategiyasi uchun istisnosiz barcha maqsadlarni amalga oshirishning muhimligini qayd etish joiz. Ulardan birontasining «osilib qolishi» qator sabablarga ko‘ra, jumladan, uni ushbu strategiya doirasida amalga oshirib bo‘lmasligi tufayli ro‘y berishi mumkin.
Vazifalarni belgilash
Firmaning vazifalar tarkibi va xarakteri uning rivojlanishi ichki va tashqi omillarining umumiy xarakterdagi uzoq muddatli maqsadlarga nisbati bilan belgilanadi. Bu omillar tahlili to‘rt sohani qamrab oladi:
1) moliyaviy resurslar; 2) mehnat resurslari;
3) ishlab chiqarish resurslari; 4) tashqi muhit ta’siri. Moliyaviy resurslar tahlili
Moliyaviy resurslar quyidagilar bilan tavsiflanadi: a)mablag‘larning hozirgi va kelajakda kelib tushishi va ularga ehtiyoj; b) ularni siljitish imkoniyati; v) kapitalning ochiqligi; g) foyda va dividendlarga nisbatan maqsadlar.
Mohiyatiga ko‘ra, mablag‘larning kelib tushishi deganda yetarlicha uzoq vaqt uchun pul oqimlarini dastlabki baholash tushuniladi. Bunda bashoratning aniqligi emas, balki ishonchliligi muhim ekanligi tushunarli: istiqbolga kutilayotgan tushumlar tartibi va ularning barqarorlik darajasini taqdim etish zarur. Bu bir tomondan, amaldagi firma strategiyasining mahsuldorligi va uni o‘zgartirish dolzarbligini, boshqa tomondan esa – faoliyatni kengaytirish, yangi mahsulot turlarini va yangi xorijiy bozorlarni o‘zlashtirish imkoniyat-larini baholash uchun asos bo‘ladi.
Boshqa bir ko‘rsatkich — mablag‘larni siljitish imkoniyati — ko‘proq o‘zlashtirilgan mamlakatlardan har birining mahalliy sharoitlari tavsifiga mansub, biroq u ham ushbu bosqichda ko‘rib chiqilishi kerak, chunki firmaning haqiqatda ega bo‘lgan resurslariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Harakatchanlikning korxona joylashgan mamlakatda kapital qo‘yilmalar erkinligi, qo‘yilmalar likvidligi, foydani olib chiqib ketish imkoniyati kabi jihatlari e’tiborda tutiladi. Ulardan birinchisi, xususan, chet el investitsiyalarini tartibga solish qoidalari va davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha qonunchilik bilan (agar u mavjud bo‘lsa) bog‘liq. Kapital qo‘yilmalar likvidligi davlatning korxonalar erkin sotuviga qo‘yishi mumkin bo‘lgan cheklovlar bilan ham, bu korxonalarning yoki boshqa mulkning potentsial xaridorlar uchun jalb etuvchanligi bilan ham belgilanadi. Foydani olib chiqib ketish imkoniyati ham firmaning real moliyaviy salohiyati muhim omillaridan sanaladi, chunki qator mamlakatlarda bu sohadagi cheklovlar uning moliviy harakatlari doirasini toraytiradi. Umuman, kapitalning ochiqligi uning turlari bo‘yicha differentsiyalanadi. Xususan, bank kreditlari olish odatda ishonchli iqtisodiy asoslar va qaytarib berish kafolatining, jumladan, shaxslar tomonidan kafolatlashning mavjudligi yoki mulkning bir qismini garovga qo‘yish bilan asoslanadi; shuningdek, aylanma uchun kreditlash ham qo‘llanadi (katta, muntazam va barqaror savdo aylanmasida qo‘llanadi va xuddi shu kredit tashkilotining firma hisob raqamini yuritishini nazarda tutadi).
Investorlarni jalb qilish na kafolat, na garov talab qilmaydi — ushbu holatda kredit berishdan ko‘ra boshqacharoq xarakterga ega bo‘lgan iqtisodiy asoslar kifoya qiladi: isbot obyekti muayyan chora-tadbir emas, balki firmaning butun faoliyati hisoblanadi. Ko‘p jihatdan mamlakatning kredit reytingi va firmaning nufuz bilan belgilanadigan firmaning ishonchliligi, ayniqsa, ikkinchi holatda katta rol o‘ynaydi. Ta’kidlab o‘tish joizki, Nizom kapitali (fondi) tushunchasi va u bilan bog‘liq qonunchilik mexanizmlarida ko‘zda tutilgan kreditni qaytarib berish kafolatlari mamlakatning huquqiy madaniyati bilan, ya’ni mos keluvchi huquqiy me’yorlarni ishlab chiqish va ularni ijro etishning majburiyligi bilan bog‘liq.
Mahalliy moliyaviy vositalarni jalb qilish imoniyati shu sababli muhimki, mamlakatda chet elliklarning Nizom kapitalida ishtirok etishi borasida cheklovlar bo‘lishi mumkin — bunda yoki davlat, yoki mahalliy biznes firmaning hamkorlariga aylanishi lozim (misol tariqasida mashhur oyoq kiyimi ishlab chiqaruvchi Bata Ltd firmasining Hindiston va Yaponiyadagi investitsion faoliyatini keltiramiz, bu erda uning korxonalardagi ulushi 100%ga intilishiga qaramay, ammo u mos ravishda 40% va 10%dan oshmagan); biroq davlat – eng yaxshi mulk egasi, demak, hamkor ham emas, shu sababli baribir xususiy kapitalni jalb etish afzalroq.
Tahliliy bo‘limda foyda va dividendlarga nisbatan maqsadlarin ko‘rib chiqish ularning oldin tanlangan ekanligini nazarda tutadi. Haqiqatdan ham, firmaning moliyaviy salohiyati haqida suhbat agar bu jihat aniqlanmay qolib ketgan bo‘lsa, ma’noga ega bo‘maydi. Shu bilan birga, bo‘lajak tanlov xarakterining o‘zi ikkita prinsipial jihatdan farq qiluvchi yondashuvlarni ajratib ko‘rsatishga imkon beradi.
Birinchi yondashuv doirasida foyda va dividendlar firmaning asosiy ustuvorliklarini-aks ettiruvchi boshlang‘ich maqsadli ko‘rsatkichlar qatoriga kiradi. Bu shuni anglatadiki, dastlab ikkala ko‘rsatkichning eng kam qiymati bo‘yicha ma’lum bir cheklovlar beriladi (masalan, to‘liq zararsiz ishlash, aksiyalarga yillik dividendni qat’iy belgilab qo‘yilgan miqdordan kam to‘lamaslik talabi va h.k.). Shunda, bir tomondan, firmaning turli, jumladan, xorijiy bozorlarda ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish va investitsiyalar sohasidagi imkoniyatlari aniqlanadi; boshqa tomondan, ular ta’minlaydigan daromad va xarajatlar nisbatiga muvofiq u yoki bu faoliyat yo‘nalishlarining rivojlanish istiqbollari aniqlanadi.
Ikkinchi yondashuv boshqa vazifa va maqsadlar belgilanmasdan turib, foyda va dividendga nisbatan hech qanday talablar qo‘ymaydi; bu ko‘rsatkichlar roli amalda ustuvorligi yuqori deb tan olingan boshqa maqsadlarga xizmat ko‘rsatishga borib taqaladi. Bu holatda firmaning undan kelib chiqqan holda xalqaro va boshqa maqsadlari shakllanadigan moliyaviy salohiyati faqat ichki va tashqi manbalardan mablag‘lar oqimi bilan cheklanadi, xolos.
Bu ikki yondashuv strategik rejalashtirish jarayonida amalga oshiriladigan qisqa muddatli va uzoq muddatli manfaatlarni aks ettiradi: yoki barqaror daromad, ehtmiol, istiqbolda optimal bo‘lmagan strategiyada, yoki oldinga kuchli harakatlanish uchun ayrim vaqtinchalik qurbonlar (yangi mahsulotni tezroq o‘zlashtirish, ma’lum bir bozordan raqobatchilarni siqib chiqarish va h.k.).
Mehnat resurslari tahlili
Mehnat resurslarini tahlil qilish uchun tavsiya etiladigan ko‘rsatkichlar orasidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: a) xodimlar umumiy soni, jumladan, toifalar va ayrim funksiyalar bo‘yicha; b) xodimlardan foydalanish darajasi; v) xodimlarning bir korxonadan boshqasiga ko‘chib o‘tish imkoniyati; g) qo‘shimcha resurslar jalb qilish imkoniyati.
Birinchi ko‘rsatkich mavjud xodimlar tarkibi va sonining firma rivojlanishi potentsial yo‘nalishlariga muvofiqligini baholashga imkon beradi. Bu yerda ushbu firma va uning raqobatchilari bo‘yicha mehnat ko‘rsatkichlari (masalan, mehnat mahsuldorligi, fondler bilan ta’minlanganlik) solishtirma tahlili foydali bo‘ladi. Xodimlardan xuddi shu jihatdan foydalanish firmaning ichki zaxiralarini tavsiflaydi, bunda ikkinchi yo‘nalishning ahamiyati firma chiqarayotgan mahsulot tannarxining strukturasiga bog‘liq bo‘ladi.
Faoliyatni kengaytirish uchun zaxiralar boshqa manbasi – xodimlarni korxonalar bo‘yicha qayta taqsimlashdir. Buni, agar xodimlardan foydalanishda sezilarli tengsizlik mavjud bo‘lsa, istalgan holatda amalga oshirishdan ma’no bor (muqobil variant — bir joyda ortiqcha xodimlarni ishdan bo‘shatish va boshqa joyda ularni ishga olish, bu o‘qitish uchun qo‘shimcha xarajatlar talab qiladi; tanlov bu xarajatlar va xodimlarning boshqa korxonaga ko‘chib o‘tishi bilan bog‘liq xarajatlarga nisbatiga bog‘liq bo‘ladi); biroq bunday imkoniyatga ega bo‘lish yangi bozorda tez ekspansiya uchun ayniqsa muhim. Nihoyat, yangi xodimlarni jalb qilish imkoniyati asosan, faoliyat ko‘rsatayotgan mamlakatni tavsiflaydi, biroq bunda firma rivojlanishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi, ushbu mamlakatda faoliyatni rivojlantirishning uchinchi manbasi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish resurslari tahlili
Mavjud ishlab chiqarish zaxiralari tahlili, xuddi mehnat resurslari tahlili kabi, xodimlarning ish bilan ta’minlanishini bir xillashtirish nuqtayi nazaridan kerak va bu, ushbu nuqtayi nazardan ishlab chiqarishni kengaytirishning maqsadga muvofiqligini baholash uchun zarur. Agar firma korxonalari maqbul keladigan darajada (zarur zaxiralarni saqlashni hisobga olib) yoki ortiqcha ish bilan yuklangan bo‘lsa, bu – marketing tadqiqotlarining mos keluvchi xulosalari mavjudligida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish masalasini dolzarb qilib qo‘yadi. Agar ish bilan ta’minlanganlik yetarli emas yoki haddan ortiq notekis bo‘lsa, turli variantlar, jumladan, sotuvni rag‘batlantirish, assortimentni o‘zgartirish, ortiqcha quvvatlarni tugatish, sotuv geografiyasini kengaytirish, xarajatlarni pasaytirish maqsadida ishlab chiqarishni boshqa mintaqalarga ko‘chirish bo‘lishi mumkin. Tahlil paytida yuzaga kelgan vaziyatga qarab, sanab o‘tilgan operatsiyalar ham ichki, ham tashqi xarakterda bo‘lishi mumkin; ularni muayyan mintaqalarga bog‘lab qo‘yish tadqiq etilayotgan variantlar samaradorligining solishtirma tahlilini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Bozor tahlili
Firma tasarrufidagi barcha resurslardan birgailkda foydala-nishning aks ettirilishi sifatida marketing tavsifnomalarini alohida ko‘rib chiqish lozim.
Firmaga tegishli bozor ulushi darajasi va dinamikasining mos keluvchi maqsadli ko‘rsatkichlarga nisbati o‘rganilayotgan bozorlarda firmaning harkatlari samaradorligini baholashga imkon beradi va bu harakatlar va uzoq muddatli maqsadlarni muvofiq holga keltirish zaruratining belgisi bo‘lib xizmat qila oladi. Bunda nimaga aynan tuzatish kiritish kerakligi tahlilning boshqa bo‘limlarini bajarish natijasida aniqlanadi, biroq quyidagi ikkita muhim holat shu yerning o‘zida ko‘rib chiqiladi, chunki ular ko‘p jihatdan maqsadlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi: mahsulotni xorijiy iste’molchilar uchun moslashtirish hamda boshlang‘ich va rag‘batlantirilgan talab o‘rtasidagi nisbat. Moslashtirshiga nisbatan aytish kerakki, birinchi-dan, asosiy mahsulot guruhlari va mintaqalar bo‘yicha uning zaruratini aniqlash, ikkinchidan, ko‘riladigan choralar samaradorligi va qiymatini baholash zarur. Sotuvni rag‘batlantirish sohasida bo‘lgani kabi, bu sohada ham sezilarli xarajatlar zarurati xalqaro maqsadlarni ishlab chiqishda yo‘l qo‘yiladigan qarorlar doirasini toraytirish lozim.
Tashqi muhit ta’siri tahlili
Firma salohiyati tahlilining oxirgi bo‘limi tashqi muhit ta’siriga taalluqli. Quyidagi jihatlarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq: a) ta’minot tizimidagi o‘zgarishlar va narx tebranishi; b) talab tebranishi; v) boshqa firmalar bilan taqqoslaganda raqobatli imkoniyatlar; g) jamoatchilik munosabati.
Firmaning raqobatli imkoniyatlari unda mavjud bo‘lgan resurslardan samarali foydalanish natijasi hisoblanadi. Bu ularni tahlil qilish shu jihatdan uzil-kesil xulosa chiqarishga imkon berishini anglatmaydi, lekin u ayrim dastlabki solishtirma baholar uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Odatda kuchli salohiyat, chiqarilayotgan mahsulotni differentsiatsiyalash bilan birgalikda miqyos samarasi tufayli firmaning raqobatli afzalligini shakllantiruvchi xarajatlarni pasaytirish sharti hisoblanadi (garchi ba’zida xarajatlarning pasayishiga, aksincha, o‘sish sur’atini kamaytirishda – resurslarni oqilona tasarruf qilish, sifatning yomonlashuvi yoki soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash hisobiga erishiladi).
Xalqaro raqobat sharoitlarida M.Porter turli (ilmiy-texnik, texnologik, tashkiliy, marketing) innovastiyalarni doimiy ravishda amalga oshirish, afzallikni yaratish va qo‘llab-quvvatlash jarayoniga firmaning qadriyatlar yaratish butun tizimini jalb etish, afzallik manbalarini takomillashtirish va strategiyalarga global yondashuvga o‘tishga alohida ahamiyat qaratadi. Shu bilan birga, xalqaro firmaning raqobatli afzalliklarini qo‘llab-quvvatlash uchun faoliyat ko‘rsatayot-gan mamlakatda maksimal foyda olishni talab qilinadi, bularning keyingisi, agar firma o‘z muvaffaqiyatlari uchun uning milliy rombi ahamiyatini to‘g‘ri anglasa va uning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadigan bo‘lsa, firmaning xalqaro muvaffaqiyati uchun boshlang‘ich nuqtaga aylanishi lozim. Ko‘rsatilgan sohalarda o‘zining va boshqalarning yutuqlarini tahlil qilish boshqa firmalarga nisbatan raqobatli imkoniyatlarning obyektiv bahosini beradi.
Strategiya ishlab chiqish
Faoliyat sharoitlarini tahlil qilish strukturasi
Firmaning barcha maqsadlari ifodalangan va ularning bir-birini qo‘llab-quvvatlashi baholangandan so‘ng keyingi yirik blok – strategiyani ishlab chiqishga o‘tiladi. U o‘zlashtirish rejalashtirilgan yoki firma o‘zlashtirib bo‘lgan mamlakatlarning har birida, shuningdek, kelgan mamlakatdagi sharoitlarni tahlil qilishdan boshlanadi; bu sharoitlar quyidagi guruhlarga birlashtirishadi: a) ichki imkoniyatlarni shakllantiruvchi ayrim omillar; b) moliyaviy omillar; v) marketing omillari; g) boshqa omillar.
Aytib o‘tish kerakki, mazkur tadqiqot o‘tkazilgan imkoniyatlar tahlilini nafaqat ayrim omillarni takroriy ko‘rib chiqish, balki xuddi shu predmetni takroran o‘rganish yo‘li bilan farqlanadi. Bu tahlil predmeti faoliyatning o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda tavsiflansa, yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling