O`zbekiston respublikasi qishloq xo`jaligi vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


Download 0.65 Mb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1538005
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xalqaro strategiya turlari

3 Faoliyatni muvofiqlashtirish
Raqobatli afzallikka erishishning boshqa bir imkoniyati global strategiyani amalga oshirishda firma faoliyatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Faoliyatni muvofiqlashtirish axborot almashinish, javobgarlikni taqsimlash va berilgan yo‘nalishda firmaning sa’y-harakatarini muvofiqlashtirishni nazarda tutadi. Muvofiqlashtirishning afzalligi turli joylarda to‘planadigan bilim va tajribalardan iborat. Bu firmaga bo‘linmalar orasida ularning ixtisoslashuviga muvofiq vazifalarni taqsimlash hisobiga o`sish qaytimini beradi. Muvofiqlashtirish uning mijozlari bir vaqtning o‘zida ko‘plab mamlakatlarda ishlayotgan firma mahsulotlari differentsiyatsiyasini kuchaytirishi mumkin. Harakatchan va ko‘pmilliy mijozlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyati bo‘linmalar faoliyatini yaxshi muvofiqlashtirish foydasiga gapiradigan muhim dalil hisoblanadi. Bir makon, bir yo‘l» tashabbusini hamda
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi”ni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar grantlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mablag‘larni jalb etish choralarini ko‘rish;
– Strategiyani amalga oshirishni Muvofiqlashtirish kengashi faoliyatini tashkil etish, yuritish va kengash bayonlari ijrosini tahlil qilish;
– Strategiyani amalga oshirish yuzasidan kelgusi yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqilishini tashkil etish;
– vazirlikning xorijiy aloqalarini tashkil etish va tahlil qilish, shu jumladan, xorijiy sheriklar bilan o‘zaro hamkorlikning darajasi va ko‘lami, ularning xalqaro munosabatlar tizimidagi roli va o‘rnidan kelib chiqib, vazirlikning xorijiy aloqalarda ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
– vazirlik tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) xalqaro shartnomalar va boshqa xalqaro hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini Yuridik boshqarma bilan birgalikda, ularning ijrosi taʼminlanishini tegishli boshqarmalar bilan birgalikda amalga oshirish;
– vazirlik va uning tizimidagi xodimlarning xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlarini tashkil etishga ko‘maklashish va muvofiqlashtirish;
– xalqaro reyting va indekslarda O`zbekiston Respublikasining o`rnini yaxshilash bo‘yicha vazirlik faoliyatini tashkil etish, bu borada mutasaddi tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, xorijiy reyting agentliklari bilan hamkorlikni tizimli ravishda amalga oshirish;
vazirlikda, shuningdek tizim tashkilotlarida grant loyihalarini ishlab chiqish jarayonlarini muvofiqlashtirish hamda moliyalashtirish uchun taklif qilingan loyihaviy tashabbuslarini tasdiqlash;
– tashqi bepul yordam loyihalarining hisobini taʼminlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
– O`zbekiston Respublikasi va donorlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
– O`zbekiston Respublikasi nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan jalb qilingan tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni amalga oshirish uchun normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda ishlab chiqishda ishtirok etish. Jahon bozorlariga chiqishda qo‘llaniladigan strategiyalar va ko‘p millatli korporatsiyalarning roli.
Jahon bozorda savdoga ta’sir qiluvchi kuchlar.
Firmaning xalqaro faoliyati asosida mos keluvchi vakolatlarga ega menejer qabul qiladigan ma’lum bir strategik qarorlar yig‘indisi yotadi. Firmani samarali boshqarishda bu yig`indi ratsional ifodalangan ekanligi nazarda tutiladi, ya’ni:
1) firmada qabul qiladigan boshqaruv tashkiliy tuzilmasidan qat’iy nazar uning tashqi aloqalari bilan bog‘liq barcha asosiy jihatlarni qamrab oladi;
2) firmaning bosh maqsadini joriy faoliyat rejalari va tezkor qarorlar darajasida ketma-ketlikda amalga oshirishni ta’minlaydi;
3) ichki qarama-qarshiliklar yo‘q; 4) tashqi qarama-qarshiliklar yo‘q;
5) vaziyatning rivojlanish tedentsiyalarini baholashga yo‘naltirilgan.
Dastlabki 4 ta shartning bajarilishi ushbu yig‘indini tashkilot boshqaruvining muhim elementi hisoblangan to‘laqonli tizim sifatida baholashga imkon beradi; boshqacha qilib aytganda, ulardan birontasini bajarmaslik firmada oqilona strategik rejalashtirish mavjudligini shubha ostiga qo‘yadi.
Firmaning tashqi aloqalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish umuman olganda, bitta ixtisoslashgan xizmatda (mamlakatimizda qayta qurish yillari tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishning dastlabki bosqichi chet elda operatsiyalarni amalga oshiruvchi xalqaro bo‘lim yaratishning ko‘p sonli misollarini beradi; shu bilan birga, xuddi shunday amerikaning yirik Campbell Soup korporatsiyasi ham amal qiladi) mujassamlangan bo‘lishi ham, boshqa istalgan (chiziqli, funktsional) tashkiliy tuzilma doirasida amalga oshirilishi ham mumkin. Chet ellik mijozlar bilan firmaning normal faoliyatida o‘zaro aloqa qilish bilan bog‘liq ikkinchi holatda xalqaro faoliyatning tezkor masalalari turli bo‘linmalarda bir-biridan mustaqil ko‘rib chiqiladi va maxsus boshqaruv quyi tizimi tashkil qilishni talab etmaydi.
Qaror qabul paytda to‘liq hajmda mavjud bo‘lmagan firma elementiga taalluqli qaror kelajakka yo‘naltirilgan hisoblanadi. Bunday elementlar qatoriga masalan, ishlab chiqish yoki ishlab chiqarish rejalashtirilgan mahsulotlar, firma uchun yangi sotuv bozorlari, boshqa firma bilan biron-bir shaklda hamkorlik o‘rnatishni kiritish mumkin; shu bilan bir paytda, ta’minotchini almashtirish masalasini bunday hisoblab bo‘lmaydi, chunki firma u yoki bu tarzda o‘zini ushbu xom-ashyo turi va butlovchi qismlar bilan oldin ham ta’minlagan.
Nazorat qilinmaydigan tashqi omillar ta’siri ko‘rib chiqilayotgan qarorni amalga oshirishning vaqt va davr ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi. Bu omillarni real jihatdan agar qaror to‘liq firma hududida amalga oshirilayotgan jarayonni tartibga solishga yo‘naltirilgan bo‘lsa mavjud emas deb hisoblash mumkin, lekin shunda ham u faoliyatning yangi omillari (masalan, yangi materiallar, texnologiyalar, elementlar bazasi) paydo bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lganda ko‘rib chiqilmasligi lozim.
Ko‘rsatilgan tavsifdan kelib chiqib, aytish mumkinki, garchi xalqaro faoliyat bilan shug‘ullanayotgan firmada strategik qarorlar doirasi prinsipial jihatdan boshqa istalgan firma uchun shunga o‘xshash ro‘yxatdan hech qanday farq qilmasada, baribir birinchi holatda u uchala toifa bo‘yicha ro‘y beradigan holatdan ko‘ra ancha kengroq bo‘ladi.
Faoliyatning baynalmilallashuvi avvalo yangi bozorlarni o‘zlash-tirish bilan bog‘liq va strategiya, dastur va rejalarga erishishga yo‘naltirilgan yangi maqsadlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Keyin ko‘p jihatdan qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish natijasida tashkil qilinadigan obyektlar soni o‘sadi: bu firma uchun yangi xorijiy bozorlarga ham, xorijiy hamkorlar bilan turli ittifoqlarga ham, bunday hamkorlik natijasida yaratiladigan mahsulotlarga ham taalluqli. Nihoyat, yaqqol ko‘rinib turibdiki, xalqaro operatsiyalarni amalga oshirga o‘tish nazorat qilinmaydigan tashqi omillar sonining o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu qatorga, masalan, bojxona qoidalari, boshqa mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, chet ellik raqobatchilarning xulq-atvori kiradi.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling