O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti «meva-sabzavotchilik, uzumchilik, issiqxona xo'jaligi»


Шунингдек, Ўзбекистон Республикаси ҳудудларида, жумладан


Download 1.88 Mb.
bet7/16
Sana18.06.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1561181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
TOLIB — копия

Шунингдек, Ўзбекистон Республикаси ҳудудларида, жумладан:

Голландиянинг 2009 йилдан – Комет F1, 2010 йилдан – Колтон (НУН 7375) F1, 2013 йилдан – Монанта F1, 2014 йилдан – Абако F1, Купар F1, 2018 йилдан – Сиркана F1, 2019 йилдан – Аурантина F1, Проминенсе F1, Танжерина F1, 2020 йилдан – SV3118DH F1 дурагайларини;


Франциянинг 2008 йилдан – Болтекс F1, 2009 йилдан – Сенатор F1, 2013 йилдан – Нанко F1, 2014 йилдан – Росита F1 дурагайларини;
АҚШнинг 2011 йилдан – Новая Курода, Чентенай дурагайларини;
Япониянинг 2011 йилдан – Курода Шантане F1 дурагайини экишга тавсия этилган


II. TADQIQOT O’TKAZISH SHAROITLARI, OBYEKTI VA USLUBLARI
2.1. Tadqiqot olib borilgan joy , uning sharoiti.
Tadqiqot ishlari 2022 yilda SPE va KITI Surxondaryo ilmiy tajriba stantsiyasida olib borildi. Tajriba stansiyasi Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Namuna SIU hududida joylashgan.
Surxondaryo viloyati respublikamizning janubiy mintaqasida joylashgan bo‘lib, shimoldan janubga 180-200 km, g‘arbdan-sharqqa 70-140 km kenglikka cho‘zilgan.
Surxondaryo viloyatining umumiy yer maydoni 2059,9 ming/ga, shundan foydalaniladigan qismi 450,2 ming/ga, sug‘oriladigan maydon 333,8 ming/ga, qolgan 1358,7 ming/ga maydon tog‘lik, daryo va ko‘l hamda boshqa erlarni tashkil etadi. Bo‘z qo‘ng‘ir tuproqlar maydoni 6793 ga, taqirsimon tuproqlar 82568 ga, taqirsimon o‘tloqi tuproqlar 10645 ga, sahro qumoq tuproqlar 9358 ga, sahro o‘tloqi tuproqlar 46417 ga va sho‘rxoklar 21506 gektarni tashkil etadi.
R.Q.Qo‘ziyev ma‘lumotlariga ko‘ra Surxondaryo viloyatida unumdorlik holatiga ko‘ra bo‘z tuproqlar haydov va haydov osti qatlamlarida gumus miqdori mutanosib ravishda 1,02-1,39% va 0,88-1,26% bo‘lib, o‘zgarib turadi. Cho‘l mintaqasi tuproqlarida esa gumus miqdori haydov qatlamida 0,88%, haydov osti qatlamlarida esa 0,62% ni tashkil etib, qisman o‘rtacha va kam ta‘minlangan (205; 3-11-b)
Tuprog‘i cho‘l, sahro tipida, asosan sug‘oriladigan bo‘z tuproq, mexanik tarkibi og‘ir qumoq. Tuproqda (gumus) chirindi miqdori kam bo‘lib, gumus bilan kam ta‘minlangan tuproqlar sirasiga kiradi. Bu tuproq har yili mineral o‘g‘itlar solinishiga muhtoj.
Iqlim sharoitiga ko‘ra hudud quruq subtropik hisoblanadi. Qishi iliq, qor qoplami uzoq saqlanmaydi. Yozi uzoq davom etuvchi, havosi quruq, jazirama. Eng issiq oyi – iyul, yuqori havo harorati 48....49 C dan ham oshib ketadi. Bu nafaqat respublikamizda, balki sobiq SSSR hududida ham eng yuqori ko‘rsatgichdir. Shamolning eng ko‘p harakati bahorda (15 m/s va ko‘proq) kuzatilib, o‘rtacha 21 kunni tashkil etadi. Yog‘ingarchilikning yillik o‘rtacha miqdori janubiy past 23 tekislik tumanlarida 128-170 mm ni tashkil etadi. Yog‘ingarchilikning asosiy hissasi qishqi-bahorgi mavsumga to‘g‘ri keladi.
Surxon-Sherobod vohasi O’zbekistonning eng janubiy qismida joylashgan bo‘lib, Surxondaryo viloyatining sug‘oriladigan erlari asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari etishtiriladigan maydoni bo‘lib hisoblanadi. Viloyatda sug‘oriladigan erlar asosan Surxondaryo, Sheroboddaryo, Amudaryo suvlaridan va mavjud suv omborlari suvlaridan foydalaniladi. Viloyatning geomorfologik tuzilishiga ko‘ra Surxon-Sherobod vohasi ikki qismga bo‘linadi:
1. tog‘ qismi, yarim cho‘l mintaqasi bo‘z tuproqlar mintaqasi;
2. tekisliklar qismi, dasht mintaqasi-taqirsimon tuproqlar mintaqasidan iborat;
Viloyatning sug‘oriladigan erlari tuproq-iqlim sharoitiga ko‘ra, ―O’zGIPROZYEM ning ma‘lumotiga asosan ikkita katta qismga bo‘linadi. Viloyatning janubiy va shimoliy mintaqalari tuproq-iqlim sharoitlari bir-biridan batamom farq qiladi. Viloyatning janubiy qismida asosan taqirsimon, taqir-o‘tloq va qumoq tuproqlar tarqalgan bo‘lib, tuproqning ball boniteti 30-50 bo‘lsa, viloyatning shimolida bo‘z (tipik va och tusli bo‘z) tuproqlar keng tarqalgan bo‘lib, ball boniteti 60-70, hatto undan ham yuqorini tashkil etadi.
Bo‘z tuproqlar qismi-to‘q rangli bo‘z tuproq, tipik bo‘z tuproq, och tusli bo‘z tuproq, bo‘z-o‘tloqi tuproq va botqoq tuproqlar mavjud. Ular dengiz sathidan 450-1000 metr balandlikda joylashga. Ushbu mintaqada qishdan bahorga o‘tishda havo harorati tez-tez o‘zgarib turadi. Fevralda havoning o‘rtacha harorati 4,90 C, martda 10,10 C, aprelda 160 C, bo‘lib, dasht mintaqasiga nisbatan ob-havo sharoiti qisman yumshoqligi bilan farq qiladi. Bu mintaqada yillik yog‘ingarchilik miqdori 250-350 mm ni tashkil etadi.
Cho‘l qismi (janubiy dasht qismi)-bu erda taqirsimon, bo‘z qo‘ng‘ir, taqiro‘tloqi, cho‘l qumoq, cho‘l o‘tloqi va sho‘rxok tuproqlar tarqalgan. Past tekisliklar qismi dengiz sathidan 350-450 metr balanlikda joylashgan. Viloyatning ushbu janubiy dasht mintaqasida ham qishdan bahorga o‘tishda havo haroratining keskin 24 o‘zgarishi kuzatiladi. Fevral oyida o‘rtacha kunlik havo harorati 5,7-6,30C, martda 11,30C, va aprelda 18,0-18,40C, daraja, mayda 24-250C, iyunda 30-310C, issiq bo‘ladi. Yil davomida o‘rtacha 90-130 mm miqdorda yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatining umumiy er maydoni - 2059,9 ming gektar bo‘lib, shundan foydalaniladigan erlar 450,2 ming gektar, sug‘oriladigan maydoni 333,8 ming gektar, tog‘lik, daryo va ko‘l hamda boshqa erlar 1358,7 ming gektar maydonni tashkil etadi.
Bo‘z qo‘ng‘ir tuproqlar maydoni 6793 ga, taqir tuproqlar - 82684 ga, taqir o‘tloqi tuproqlar 10645 ga, cho‘l qumoq tuproqlar 9358 ga, cho‘l o‘tloqi tuproqlari 46417 ga va sho‘rxoklar 21506 gektarni tashkil etadi. Surxondaryo viloyati iqlim sharoiti keskin o‘zgaruvchan bo‘lib, yillik, kunlik harorat o‘zining o‘ta quruqligi va qishda havoning sovuqligi bilan boshqa mintaqa iqlimidan ajralib turadi. Havo harorati ba‘zi kunlari bir kun davomida 2-3 holatga o‘zgaradi va havo harorati yozda bir sutkada 400 C dan, 250 C gacha o‘zgaradi. Bu holat va tez-tez esib turadigan kuchli afg‘on shamoli viloyatning janubiy dasht qismida bir yilda 35-40 martagacha takrorlanadi. Afg‘on shamoli bir-ikki, hatto uch sutkagacha davom etadi. Bu esa qishloq xo‘jalik ekinlari o‘sishi, rivojlanishi va hosil to‘plashiga salbiy ta‘sir etadi. O’simlikning barg plastinkalari yirtilib, bargning uchi qorayib qurib qoladi. Bunday salbiy holat o‘simliklar rivojini 5-6 kungacha, hatto undan ham ko‘proq orqaga qoldiradi. Kuchli shamollar tuproq eroziyasiga olib keladi. Yozda kuchli garmsel shamollarini keltirib chiqaradi.
Ushbu mintaqada yillik asosiy yog‘ingarchilik bahor va qishda bo‘ladi.Yozda va kuzda esa yog‘ingarchilik kam bo‘ladi. Bug‘lanish yozda boshqa mintaqalardan salkam ikki marta ko‘p bo‘ladi. Yog‘ingarchilikning kam bo‘lishi chigitni undirib olish uchun ekish oldi chigit suvi berish talab etiladi.
Tuproq-iqlim sharoitiga ko‘ra bo‘z tuproqlar mintaqasi tog‘ oldi va tog‘ etaklarida joylashgan tumanlar Boysun, Uzun, Sariosiyo, Denov, Shurchi, Oltinsoy va Qumqo‘rg‘on tumanining bir qismini qamrab oladi.
Asosan cho‘l mintaqasi tumanlariga Jarqo‘rg‘on, Termiz, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq, Angor tumanlari va Qumqo‘rg‘on tumanlarining bir qismi 25 kiradi. Vohaning cho‘l qismida harorat yuqori, bu erlarda yillik o‘rtacha harorat 16,6 C daraja bo‘lsa, Termiz tumanida 18,1 C, Sherobod tumanida 19,1 C daraja issiq bo‘ladi. Mavsum davomida ushbu tumanlarda o‘rtacha harorat +25,6-26,7 C daraja issiq bo‘lib, yozda 32 C darajani tashkil etadi, kunlik harorat hattoki 36-38 C darajagacha ko‘tariladi.
Bu erlarda eng yuqori harorat -46-50 c ga etadi. Eng past harorat esa 20 C sovuq bo‘ladi. Yillik foydali haroratlar yig‘indisi 2704 C – 3056 C, umumiy haroratlar yig‘indisi 5900-6450 C ga etadi.
Iliq kunlar yil davomida 246-262 kun, yog‘ingarchilik miqdori 127-169 mm, mavsum davomida esa 30-40 mm bo‘ladi. Havoning nisbiy namligi ba‘zi oylarda 18-20 % gacha pasayadi. Termiz guruhi tumanlarida chang to‘zonli kuchli shamollar ko‘p bo‘lib turadi. Yozda havoning nisbiy namligi ba‘zi kunlar 6-8 % gacha pasayadi.
Tuprog‘i taqirsimon, taqir-o‘tloq tuproqlar bo‘lib, chirindi va oziqalarga kambag‘alligi, karbonatlarga (8-10 %) boyligi, sho‘rlanishga moyilligi bilan boshqa mintaqa tuproqlaridan farq qiladi.
Viloyatda bir-biridan farq qiladigan turli xil tuproq-iqlim sharoitlarining mavjudligi ekinlar parvarishida ham ancha farq bo‘lishini taqozo etadi. Shuning uchun ham artishok navlari parvarishini tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi zarur.


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling