O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti «meva-sabzavotchilik, uzumchilik, issiqxona xo'jaligi»
Download 1.88 Mb.
|
TOLIB — копия
Xulosa.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki O‘zbekistonda ildizmevali sabzavotlardan sabzi, qand lavlagi, turp va rediska yetishtirish, bulardan tashqari pasternak,petrushka va selderey ham o’sirish va ko’paytirish hozirgi kunda muhim o’rin egallaydi. Hozirgi kunda xalqimizning kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlariga bo‘lgan talab va ehtiyoji ortib bormoqda. Ushbu talabni to‘la qondirish maqsadida bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo’jaligi sohasida qo‘lga kiritilayotgan seleksiya va agrotexnologiyalar yutuqlari, tajribalarni ishlab chiqarishga samarali tatbiq qilish katta yutuqlarni egallamoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 martdagi “2016-2020 yillarda xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksportini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–2505-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmonida «...oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash va iste’mol ratsionini xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish»dek muhim vazifalardan biri qilib belgilangan. Shunday ekan kartoshka, sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirishda tuproq-iqlim sharoitiga mos serhosil navlarni tanlash, zarur barcha texnologik tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va izchil amalga oshirish, o‘simlikning biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda to‘g‘ri oziqlantirish va ular uchun qulay bo‘lgan o‘tmishdosh ekinlarni tanlash yuqori hosil olish garovidir. Sabzavot-poliz ekinlari, sabzi hosilini oshirish, mahsulot turlari va assortimentini kengaytirish va uning yalpimahsulotini ko‘paytirish, shuningdek yerdan unumli foydalanish maqsadida yiliga kamida 2-3 marta hosil yetishtirish, qo‘shimcha ekin ekish va almashlab ekishni joriy etish katta ahamiyatga ega. Tavsiya Hosildorligi va sifatini oshirish bo’yicha tavsiyalarda ko’rsatilishi bo’yicha, yuqori sifatli bosh piyozni olish uchun urug’larni ekish uchun eng maqbul muddat 5 sentyabrdan 25 sentyabrgacha bo’lgan muddat hisoblanadi, Shu munosabat bilan biz yuqori sifatli piyoz yetishtirish uchun yangi tezpishar Ravnaq va Bahoroy piyoz navining urug’ini ekishning maqbul muddatini belgilandi. Urug’larni ekishning quyidagi sanalari sinovdan o’tkazildi: 15-avgust 25-avgust, 5- sentyabr (nazorat), 15- sentyabr, 25-sentyabr. Ertapishar va juda erta pishar piyoz navlari Ravnaq va Bahoroy bular ko’chat usulda yetishtirish 5-sentyabrda ekilsa maqsadga muvofiq bo’lad Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling